logo
. . .


Respublikamiz bo‘ylab yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning iqtidorini yuzaga chiqarishni maqsad qilgan Respublika yosh ijodkorlar kengashi хizmat safari bilan 5–8-fevral kunlari Navoiy viloyatida bo‘ldi.

Qisqagina safar davomida navoiylik yosh ijodkorlar bilan suhbatlar tashkillashtirilib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi.

Jumladan, Nurota tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Kengash xodimlari va yosh ijodkorlar o‘rtasida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.

Yuzga yaqin nurotalik yosh ijodkorlarni birlashtirgan uchrashuvda O‘lmasbek Raimqulovning she’rlari Kengash a’zolarida yaxshi taassurot qoldirdi va uning ijod namunalari respublika gazeta-jurnallarida chop etilishi va ijodi keng yoritilishiga kelishildi.

Shuningdek, Muxlisa Muhamedova, Ruslan Muftillayev, Marjona Umarova, Durdona Jabborova hamda Firdavs Namozov singari yosh qalamkashlar bilan doimiy hamkorlik o‘rnatildi.

Yaqin kunlarda Nurota tumanida Respublika yosh ijodkorlar kengashining to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bu esa tuman ijodkorlariga ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Ishonamizki, mazkur uchrashuvda ishtirok etgan har bir ijodkor o‘ziga bo‘lgan e’tiborni his qildi va bu e’tiborga loyiq bo‘lishga o‘z-o‘ziga va’da berdi.



Ulashing:

E'lon