logo
. . .


Kecha Jizzax viloyat sudida 1991-yilda Zarbdor tumanida tug‘ilgan Yuldoshev Davronning sud ishi ko‘rildi.

Sudda uning oilasi mahallada namunali, ibratli ekanligi, bunday nojo‘ya harakatlarni avval sodir etmagani ma'lum qilindi.

Yoshlar ittifoqining Zarbdor tuman Kengashi tomonidan uning harakatlari o‘rganib, tahlil qilib chiqildi.

Tahlil natijasiga ko‘ra, Davron Yuldoshev bilan bunday voqea uning e’tiborsizligi sabab sodir bo‘lgani, anglab yetmasdan qilgan ishidan pushaymon ekanligi, bundan tashqari, u ta’lim olgan 3-sonli umumta’lim maktabi va Zarbdor xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejidan, yashayotgan mahallasidan surishtirilganda ijobiy fikrlar bildirilgani ma'lum bo'ldi.

Sudga barchasi taqdim qilindi.

Sud hukmiga ko‘ra, Davron Yuldoshev nisbatan qo‘llanilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini, ozodlikka mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazo turi, ya’ni 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari hamda oylik ish haqining 30%ni har oyda davlatga o‘tkazish bilan bog‘liq jazo qo‘llanildi.

U endi oilasi bag'rida. Prezidentimizdan minnatdor. Ijtimoiy faol hayotga qaytdi.



Ulashing:

E'lon