logo
. . .


Rahmatillo Mamadaliyev: "Yangi yilda menga o‘xshab hech bir tengdoshim xato qilmasin!"

Namanganlik Rahmatillo Mamadaliyev yangi yil bayramini o‘z oilasi davrasida kutib oldi. Bundan esa u juda xursand.

— Agar muhtaram yurtboshimiz tomonlaridan biz yoshlarga shunday katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmaganida... Men hozir sudning qora kursisidan oilam bag‘riga qaytolmagan bo‘lardim.

Tushunmagan holda sodir etgan xatti-harakatim tufayli menga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-modda 2 - qismi bilan ayblov qo‘yilgan edi. Ming shukrki, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kafilligi ostida qamoq jazosi eng kam oylik ish haqining 100 barobaridagi jarimaga almashtirildi. Kelgusida yurtimga, xalqimga astoydil xizmat qilishga va’da beraman!

Yangi yilda menga o‘xshab hech bir tengdoshim xato qilmasin!



Ulashing:

E'lon