logo
. . .


Viloyatda 738 ta MFYlari mavjud bo‘lib, dastur doirasida 738 ta ishchi guruhlar shakllantirilgan. Ishchi guruhlar tomonidan 453 664 ta xonadonlarga kirilib, 735 248 nafar (jami yoshlar 1 027 733) yoshlar bilan suhbatlashilib, ularning muammolari yozma anketa to‘ldirish orqali o‘rganildi.

Jumladan, yoshlar qatlamidan 118 089 nafari ishsizligi, 5 240 nafari mehnatga layoqatsizligi, 62 817 nafari norasmiy ishlayotganligi, 786 nafar ro‘yxatsiz yashab kelayotganliklari, 28 898 nafari uy-joyga muhtojligi, 4 476 nafari uylanish istagi bor, lekin, moddiy tomondan qiynalayotganliklari bois oila qura olmayotganliklari, uy sharoitida bandligini ta’minlash istagida bo‘lgan 2 899 nafar yoshlar uchun tikuv mashinasi zarurligi aniqlandi.

Ishchi guruhlar tomonidan uyma-uy yurish mobaynida 5 023 ta xonadon o‘z tomorqasidan yetarli foydalanmayotganliklari, 12 445 ta xonadonda ichimlik suvi ta’minoti yetarli emasligi, 333 joyda chiqindilar to‘planib qolgan joylar hamon mavjudligi, 218 ta tashlandiq va qarovsiz bo‘sh binolar borligi, 151 ta foydalanmayotgan noturar joy bo‘sh binolar mavjudligi, viloyatda ijara asosida 117 ta binolarni taqdim etish imkoniyati borligi aniqlandi.

Fuqarolik masalalari yuzasidan 556 nafar yoshlarga biometrik pasportlar olib berilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi, 96 nafar yoshlar tadbirkor sifatida Davlat xizmatlari ko‘rsatish agentligi orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi, 1 735 nafar fuqarolarga sog‘liqni saqlash masalasida yordam ko‘rsatildi, 51 nafar yoshlarga nogironlik aravachasi va protez-ortopediya tibbiy asbob-uskunalar topshirildi, 29 nafar yoshlarga takroriy ekinlar ekish uchun 26,2 ga yer ajratildi, 928 ta xonadonlarga tomorqadan samarali foydalanishlari ta’minlandi.

1 ta bo‘sh bino tadbirkorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorlik faoliyati uchun topshirildi, 135 nafar yoshlar kasanachilikka jalb qilindi, (shundan 8 nafari nogironligi bo‘lgan shaxslar) 355 ta yosh oilalarning farzandlari bog‘chalarga joylashtirildi, 51 nafar yoshlar kasb-hunar o‘rganish uchun bepul kurslarga joylashtirildi, 2 587 nafar yoshlarning to‘garaklarga qatnashishlari ta’minlandi, 538 nafar tadbirkorlik istagini bildirgan yoshlarga biznes reja tuzib berildi, 3 nafar moddiy qiynalgan, ishsiz, ota-onasiz yoshlarga 3 bosh sigir (buzog‘i bilan) topshirildi, viloyatning 15 ta shahar-tumanlarida har biriga bittadan 15 ta mehnat guzarlari, Qarshi shahri va Mirishkor tumanlarida bittadan Kovorking markazlari qurish bo‘yicha hokim qarorlari qabul qilinib, qurilish va ta’mirlash ishlari boshlandi.

Ichki ishlar bo‘limlarida profilaktik hisobda turgan 3 152 nafar yoshlardan 214 nafari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi kafilligi asosida ro‘yxatdan chiqarildi, 27 nafar ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan, 5 nafar jinoyat sodir etgan yoshlarning harakatlari sayyor sud orqali mahallalarda muhokama qilindi, 10 nafar tajovuzkor ruhiy kasallar tegishli muassasalarga joylashtirildi, 5 nafar qidiruvda yurgan yoshlar aniqlandi.

Shuningdek, bandlik sohasida 53747 ta, tadbirkorlik sohasi bo‘yicha 21120 ta, bank kredit sohasi bo‘yicha 47213 ta, fermerlik bo‘yicha 6098 ta, qurilish sohasida 9280 ta, ta’lim muassasalari bo‘yicha 19213 ta, maktabgacha ta’lim bo‘yicha 3465 ta, ijtimoiy himoya bo‘yicha 7003 ta, sog‘liqni saqlash bo‘yicha 4797 ta, uy-joy masalasida 14563 ta va boshqa masalalarda 27379 ta muammolar aniqlangan.

Bugunga qadar aniqlangan muammolardan 9741 tasi joyida hal etilgan bo‘lib, shundan bandlik sohasida 1113 ta, tadbirkorlik sohasida 1697 ta, fermerlik bo‘yicha 605 ta, qurilish sohasida 250 ta, ta’lim muassasalari bo‘yicha 970 ta, maktabgacha ta’lim bo‘yicha 859 ta, ijtimoiy himoya bo‘yicha 1012 ta va sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha 1558 ta, uy-joy masalasida 113 ta muammolar joyida hal etildi.

O‘rganishlar to‘liq yakuniga yetgach, Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha hududiy kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorligini rivojlantirish, fermerlikni qo‘llab-quvvatlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi belgilangan.



Ulashing:

E'lon