logo
. . .


“Yoshlar – kelajak bunyodkori!” – bu go’zal va ulug’vor shior mamlakatimizda yoshlarga berilgan ishonch va imkoniyatning yorqin ifodasidir
Bugun mamlakatimizda o’sib-voyaga yetayotgan yosh kelajak avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, iqtidor va iste’dod sohiblari bo’lgan yoshlarga e’tibor ko’rsatish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Buning yaqqol misoli sifatida, muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari bilan O’zbekiston yoshlar ittifoqining tashkil etilganini alohida e’tirof etish joiz. 
 Buxoroda istiqlolimiz tuhfasi bo’lgan “Abu Ali Ibn Sino” nomidagi favvoralar maydonida bugun “Yoshlar – kelajak bunyodkori!” shiori ostidagi “Yoshlar festivallari”ning Respublika bosqichi g’oliblarining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. 


  Yoshlar festivali doirrasida “Yosh qo’shiq ijrochilari”, “Yoshlar cholg’u ansambllari va orkestrlari” kabi tadbirlar tashkil etildi. 
Ta’kidlash joiz bo’lsa, bugungi kunga qadar o’tkazilgan festivalning quyi hamda viloyat bosqichida jami mingga yaqin yoshlar faol ishtirok etishgan bo’lsa, ular orasidan saralangan 6 ta jamoa bo’yicha jami 68 nafar yoshlar Respublika bosqichi g’olibi bo’ldi. 

Festivalning g’olib hamda sovrindorlari bilan tanishing!

1.“Yoshlar cholg’u ansambllari va orkestrlari” festivalining 7-13 yosh toifasi bo’yicha “Damli, torli cholg’u ansambllari” yo’nalishida G’ijduvon tumanidagi 10-son Bolalar musiqa va san’at maktabining “Minor” jamoasi. 
2. “Yoshlar cholg’u ansambllari va orkestrlari” festivalining 7-13 yosh toifasi bo’yicha “O’zbek milliy cholg’u ansambllari” yo’nalishida G’ijduvon tumanidagi 29-son maktabning “Dutorchilar dueti” jamoasi. 
3.“Yoshlar cholg’u ansambllari va orkestrlari” festivalining 14-20 yosh toifasi bo’yicha “Damli, torli cholg’u ansambllari” yo’nalishi bo’yicha Buxoro San’at maktabining “Ofarin” jamoasi.
4.“Yoshlar cholg’u ansambllari va orkestrlari” festivalining 14-20 yosh toifasi bo’yicha “Estrada cholg’u ansambllari” yo’nalishida Buxoro San’at kolejining “Yoshlar” jamoasi. 
5.“Yoshlar cholg’u ansambllari va orkestrlari” festivalining 14-20 yosh toifasi bo’yicha  “O’zbek milliy cholg’u ansambllari” yo’nalishida Buxoro San’at kolleejining “Milliy cholg’u ansambli” jamoasi. 
6.“Yoshlar cholg’u ansambllari va orkestrlari” festivalining 14-20 yosh toifasi bo’yicha  “O’zbek milliy cholg’u ansambllari” yo’nalishida Buxoro San’at kolleejining  “Yoshlar cholg’u orkestrlari” jamoasi g’olib deb e’tirof etildi. 


Shundan so’ng, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashining Sardorlar Kengashi a’zolari va faollari tomonidan Yoshlar ittifoqi madhiyasi kuylandi. 

Sharaflash tadbirini viloyatimizning xushovoz xonandalarining vatanni, yoshlikni madh etuvchi qo’shiqlari yakunlab berdi. G’olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

 

 



Ulashing:

E'lon