logo
. . .


Bugun Surxondaryo viloyatidagi barcha Ittifoq yetakchilari uchun amaliy tajriba o’rganish pallasi!

Sababi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashidan tashrif buyurgan Ishchi guruh viloyatning barcha tuman va shaharlarida bo’lib, ularga amaliy ko'mak berish ishlariga safarbar etilgan.

Xususan, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi o’rinbosari O’.Shukurov Uzun tumanida bo’lib, bu yerdagi Boshlang’ich tashkilot yetakchilari bilan o’quv-seminar tashkil etdi.

Ushbu o’quv-seminarda O’.Shukurov tumanda ham Boshlang’ich tashkilotlar yetakchilari Kengashi faoliyatini tuzish taklifini berdi. Aytish joizki, mazkur uchrashuv asosan, rag’bat va qo’llab-quvvatlash hamda samarali ishlash mexanizmi haqidagi fikrlarga boy bo’ldi.

Seminarda har bitta yetakchining o’ziga xos o’rnak bo’ladigan jihatini e'tirof etib, ularga motivatsiya bergan rais o’rinbosari kelgusida amalga oshirish lozim bo’ladigan ishlar haqida alohida ta'kidlab o'tdi.



Ulashing:

E'lon