logo
. . .


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida “Yoshlar press-klubi”ning “Yoshlar maʼnaviyati: muammo va yechim” mavzusida navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, yosh targʻibotchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Respublika maʼnaviyat-maʼrifat markazi rahbari – Alisher Qodirov, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati – Azamat Ziyo, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist – Mirza Azizov, OʻzMU professori – Ahmadjon Meliboyev,OʻzMU dotsenti – Neʼmatjon Polvonovlar spiker sifatida qatnashib, “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida yurtimiz boʻylab keng nishonlangan targʻibot aksiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar xususida toʻxtaldi. Xususan, joriy yilning 5-26-avgust kunlari el ardogʻidagi sanʼatkorlar, shoir yozuvchilar, xalq artistlari va yoshlardan tuzilgan targʻibot guruhlari respublikamizning barcha hududlarida boʻlib, ushbu aksiyani yuqori darajadaoʻtkazilganligi haqida ma’lumot berildi.

Mazkur ochiq muloqot Prezidentimizning 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori hamda mustaqillikning 27 yilligini “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida keng nishonlashning mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish maqsadida tashkil etildi.

Muloqot davomida Qarorda belgilangan vazifalar, jumladan, taʼlim tizimidagi baʼzi nuqsonlar, yoshlar maʼnaviy dunyoqarashidagi muammolar, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy barkamol ruhda islohotlarning faol ishtirokchisi etib tarbiyalash borasida fikr-mulohazalar almashildi.

—Maʼnaviyatni tadbirlarlardagi quruq gaplar orqali majburiy singdirib bo’lmaydi. Go’zal axloqimiz, ezgu amallarimiz bilan ibrat bo’lish orqali yoshlarga ma’naviyat ulashishimiz mumkin. Maʼnaviyatning negizi – oiladir. Oiladagi tarbiya va jamiyatning toʻgʻri yoʻnaltirishi orqali yoshlar yuksaladi. Maʼnaviyat haqida ijtimoiy tarmoqlarda orqali tortishgandan koʻra konstruktiv tanqid, toʻgʻri yechim va amaliy natija lozim. Birgina Respublikamiz boʻylab oʻtkazilgan “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostidagi targʻibot ishlari orqali xalqning islohotlarga boʻlgan ishonchi ortdi, deydi – Respublika yosh targʻibotchilar koordinatori – Azizbek Odilov .

Ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokama boʻlayotgan “maʼnaviyat” taraqqiyotga yoʻl ochadimi yoki toʻsiq boʻladimi... kabi savollar atrofida ham bahs-munozara boʻlib oʻtdi. Oʻqituvchilarga berilayotgan imkoniyatlar, taʼlim tizimidagi tekshir-tekshirlar, soha xodimlari uchun maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ipoteka, avtokredit va isteʼmol kreditlari ajratish masalalari, majburiy obuna kabi qator masalalar muhokama etildi.

—Maʼnaviyat haqidagi munozarada hamma fikr ham toʻgʻri emas. Shu maʼnoda ijtimoiy tarmoqdagi maqolada keltirilgan va koʻpchilik bilib-bilmay yoqlayotgan “Maʼnaviyat, bu — yolgʻon konsepsiya, adashish”, – degan fikrga qoʻshilmayman. Hayotda maʼnaviy asoslarsiz ish koʻrilsa, insoniylik tamomila yoʻqoladi, maʼnaviyat borki, inson hayvondan farqlidir– deydi Azamat Ziyo.

Shaxnoza Nurullayeva

 



Ulashing:

E'lon