logo
. . .


Yoshlar yetakchisi Qahramon Quranbayevning Navoiy viloyati boʻylab “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan vazifalarni oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Navbatdagi manzil Nurota tumani boʻldi. Dastavval Davlat maslahatchisi bir qator masʼul xodimlar bilan birga tuman markazida joylashgan “Chashma” meʼmoriy majmuasini ziyorat qildi.

Soʻngra 2 hafta oldin faoliyat boshlab, hozirda koʻpchilikka xizmat koʻrsatishda davom etayotgan “Yoshlar mehnat guzari”ni borib koʻrdi.

Mehnat guzari Chuya qishlogʻida joylashgan. U 27 yoshli tadbirkor Muhabbat Rahimovaning 60 million kredit olib bunyod etgan maskani. Hozirda “Yoshlar mehnat guzari”da goʻzallik saloni, tikuvchilik sexi va savdo majmuasi aholiga sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Tikuvchilik sexida ayni paytda chevar qizlar yangi oʻquv yili uchun tumandagi maktablarga pardalar tikish bilan band. 25 nafar yosh esa mazkur guzarda oʻzlari qiziqqan ish bilan mashgʻul.

Qahramon Quranbayev mutassaddi tashkilot xodimlariga tikuvchi qizlar tikkan mahsulotlarni savdoga chiqarishga koʻmaklashish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Davlat maslahatchisi bilan boʻlgan ochiq muloqotda Muhabbat Rahimova mazkur mehnat guzarida toʻquvchilik va pazandalik sir-asrorlarini qiziquvchi yoshlarga oʻrgatish uchun maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish harakatida ekanligini ham aytib oʻtdi.

Abdullayev Abduqodir ham soʻz soʻrab, “Yoshlar mehnat guzari”dan unga sartaroshxona ajratilgani va u qiziqqan hunari bilan mashgʻul boʻlish imkoniga ega boʻlgani haqida soʻzladi.

Soʻngra Nurota tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan bir nechta loyihalar bilan tanishdi.

“Qizilcha” mahalla fuqarolar yigʻini hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan kurkachilik loyihasi hamda “Shahriston” mahalla fuqarolar yigʻinida tashkil etilishi kutilayotgan sutni qayta ishlash loyihasi boʻyicha hududning ehtiyojidan kelib chiqib, amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Davlat maslahatchisining keyingi manzili tumanda joylashgan erkaklar Muruvvat uyi boʻldi. U yerda sheʼr yozishga ishtiyoqi baland ijodkor Shodi Rajabov bilan suhbatlashdi. Ijodkor doʻstimizga ijod namunalarini yozishga qulay boʻlishi uchun planshet sovgʻa qildi.

Muruvvat uyiga 200 dona kitoblar va sport anjomlari ham tuhfa etildi.



Ulashing:

E'lon