logo
. . .


 BMT Bosh kotibining Yoshlar ishlari bo'yicha maxsus vakili Jayatma Vikramanayake tashrifi munosabati bilan, O'zbekiston Respublikasida joriy yilning 13-iyun kuni O'zbekiston Yoshlar Ittifoqining “Yoshlar press klubi”da O’zbekiston yoshlar ittifoqi raisi o’rinbosari – Dilnoza Kattaxanova, bir qator vazirlik va  tashkilotlar vakillari,  turli ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan faol yoshlar hamda OAV xodimlari ishtirokida  "Yoshlar muammmolari bo`yicha global munosabatlar" mavzusida ochiq muloqot bo`lib o`tdi.

Yoshlar - dunyodagi har qanday mamlakatning kelajagi. Mamlakatimizda yoshlar siyosatini rivojlantirishga Yurtboshimiz tashabbusi bilan katta e'tibor qaratilmoqda. Xalqaro faol harakatlar olib borish hozirda Yoshlar ittifoqi va davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan bo’lgan madaniyatlararo aloqalar va innovatsion salohiyatni rivojlantirish va rag’batlantirishga ko'maklashishdan iborat.  BMT Bosh kotibining yoshlar ishlari bo'yicha maxsus vakilining tashrifi ham ayni shu masala yuzasidandir. Jayatma Vikramanayake va tashkilotning faollari yoshlar o'rtasida konstruktiv aloqalar uchun samarali muloqot maydoni yuzaga keldi.

Ochiq muloqotda nafaqat terrorizm mavzusi bo’yicha balki, bandlikka ko’maklashish va yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish masalalari ham keng muhokama etilib, xalqaro tajribalarga asoslangan holda yangicha  taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi  Shuningdek, 30-may kuni BMT ning Nyu-Yorkda bo`lib o`tgan “Yoshlar muloqoti” konferensiyasida O`zbekistonning 1-vakili sifatida ishtirok etgan Mohistara Muhammadyunusova xalqaro konferensiya yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yoshlar bilan to`g`ridan to`g`ri muloqot davomida tinglovchilar o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. E`tiborga loyiq savollardan biri ta`lim sohasini yanada rivojlantirish yo`lida masofaviy ta`limni yo`lga qo’yilishi bilan bog’liq yuzlanish bo’ldi. 

Muloqot so’ngida  “Yoshlar taklif kutishi emas, g’oya bilan chiqishi kerak! Ilk qadamni  avvalo o’zidan boshlab, tashabbusni ham o’z qo’liga olishi maqsad sari yetaklaydi”, – deydi BMT Bosh kotibining Yoshlar ishlari bo'yicha maxsus vakili Jayatma Vikramanayake.

Shaxnoza Nurullayeva

 



Ulashing:

E'lon