logo
. . .


 

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda “Yoshlar poyezdi” targ‘ibot aksiyasi davom etmoqda. Bugun targ'ibotchilar Qashqadaryo viloyatiga yetib kelishdi. Ochiq muloqotlar, uchrashuvlar avjida!

Mazkur aksiya targ‘ibotchilari ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlari yashash tarzi bilan ham yaqindan tanishmoqda.

2003-yilda tug‘ilgan yosh rassom Asilbek Rahmatullayev juda yaxshi rasmlar chizadi. Tug‘ma talanti bor. Uning ijodiy ishlari qator turli ko‘rik-tanlovlarda birinchi o‘rinlarga loyiq ko‘rilgan.

Targ'ibotchilar boshqa tengdoshlari qatori o‘ynab ulg‘aymayotgan, imkoniyati cheklangan bu yigitchaning orzulari haqida qiziqishdi!

“Qaniydi, mening rasmlarimni hamma bolalar ko‘rsa...”, dedi Asilbek Rahmatullayev.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yaqin kunlarda Asilbekning orzulari, umidlari, joiz bo‘lsa, armonlari aks etgan ko‘rgazmasini tashkil etadi.

Bu yangilik Asilbekni ruhlantirdi. O‘ziga ishonchi ortdi.

Targ‘ibot a’zolari unga kitoblar jamlanmasini sovg‘a qilib, kelgusida albatta, yetuk rassom bo‘lishiga ishonch bildirishdi.

“Yoshlar poyezdi” targ‘ibot aksiyasi davom etmoqda.



Ulashing:

E'lon