logo
. . .


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Terrorchi guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, javobgarlikdan ozod etilgan yurtdoshlarimiz o‘z oilasi, ota-onasi bag‘rida, farovonlikda hayot kechirmoqda.

Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi tashabbusi bilan bilib-bilmay diniy oqim a’zosiga aylanib, bugungi kunda javobgarlikdan ozod etilgan shaxslarning xonadonlariga borilib, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Bu kabi uchrashuvlarning o‘tkazilishidan asosiy maqsad — yoshlar bandligini ta’minlash, turli xildagi jinoyatlarning oldini olish, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashdir.

Uchrashuvlar davomida yoshlar, ularning ota-onalari ko‘zlarida yosh bilan Prezidentimizga minnatdorlik bildirmoqda. Eng muhimi, avf etilgan yoshlar hayotga sog‘lom nigoh bilan qaray boshlagan. Allaqachon ularning aksariyati foydali ish bilan mashg‘ul.

O‘rganishlar davom etmoqda.



Ulashing:

E'lon