logo
. . .


Bugun Buxoro “Yoshlar markazi” binosida Buxoro viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi hamkorligida “Xavfsiz ta’til” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda yoshlar ittifoqining tuman(shahar) Kengashlari raislari, tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘lim mudirlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari va boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirok etishdi.

Seminarda asosiy e’tibor viloyatdagi 563 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olayotgan yoshlarning yozgi ta’tilni betalofat o‘tkazishlari va ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish masalasiga qaratildi.

Shuningdek, yig‘ilishda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yozgi oromgohlarda tartib-intizomni saqlash va yoshlar xavfsizligi ta’minlash masalasiga alohida e'tibor qaratildi.

—Hozirda yoshlarni bilim olish, intellektual salohiyatini shakllantirish maqsadida yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda yoshlarimizga munosib shart-sharoitlar yaratish eng birinchi vazifamizdir. Chunki mamlakatimizdagi har bir yosh bizning farzandlarimiz, ular haqida o‘ylash bizning vazifamiz deydi, – viloyat hokimining o‘rinbosari Jamol Nosirov o‘z so‘zida.

Yig‘ilgan barcha mutasaddi tashkilot rahbarlari o‘z oldilariga aniq maqsad qo‘yishdi.



Ulashing:

E'lon