logo
. . .


Jismonan sog‘lom yoshlargina ma’naviy barkamollikka, oilada, ish joyida ijobiy muhitni qaror toptirishga intilib yashaydi. Salomatlik o‘z navbatida sport bilan ham uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularni ma’nan va jismonan sog‘lom qilib kamolga yetkazish davlatimiz rahbariyatining bosh maqsadlaridan. Shu niyatda Davlat maslahatchisi rahbarligidagi ishchi guruh mazkur sohaga ham alohida e’tibor qaratmoqda.

— Biz, avvalo, xalqning, yoshlarning ehtiyojini, qiziqishini o'rgandik. Orzulariga quloq tutdik, — dedi Davlat maslahatchisi Qahramon Quronboyev. — 16-may ham norinliklar kuni bo'ldi. Maktab ochildi, yoshlar uzoq kutgan kutubxona ochildi. "Yoshlar matbuoti" do'konlari faoliyati yo'lga qo'yildi. Mana endi sport maydonchalari. Maqsadimiz nima? Хalq islohotlarni his qilsin. Ushbu sport maydonchalari ham mahalladagi bolalar uchun ertalabki badantarbiya va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Norin tumanidagi 57 ta mahallada 57 ta Yoshlar ittifoqining sport maydonchalari ish boshlaydi. 10 kun ichida. Hozirda 4 tasi foydalanishga topshirildi.

Ha, bolalar va ularning ota-onalari quvonchini ta'riflashning hojati yo'q. Ularning tilida shukrona, qalbida shukrona!

Amaliy ishlar davom etadi!



Ulashing:

E'lon