logo
. . .


Andijon viloyat hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev “Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig'ilishda Andijon viloyatidagi barcha shahar va tumanlarning yoshlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari, IIB yoshlar masalasi bo‘yicha o‘rinbosarlari, “Mahalla” jamoat fondi raisi yoshlar masalasi bo‘yicha o‘rinbosarlari va Yoshlar ittifoqi raislarining kabinetlari yopilib “Yoshlar jamg‘armasi” davlat dasturi shtabiga aylantirish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, barcha tuman va shaharlarda tashkil etilayotgan “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturining shtablari va yoshlar tadbirkorligi klassterlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Uchrashuvda bir nechta masalalar tanqidiy va tahliliy muhokama qilindi.

“Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga ogohlantirish berildi.



Ulashing:

E'lon