logo
. . .


Gulnoraning kreditiga tashkilot kafil bo'ldi! 10 nafar xotin-qizning bekorchi vaqti yo'q endi...

Xabaringiz bor, Xorazm viloyat Kengashi va O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvatlash markazi Xorazm viloyat bo’linmasi tomonidan Yoshlar yetakchisi ishtirokida yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etilgan edi.

Ushbu muloqotning ilk amaliy natijasi kuni kecha bo’y ko’rsatdi. Urganch shahri markazida “Gulnora atel’e” kichik tikuvchilik sexi ochildi.

- Sizga birinchi buyurtmani Yoshlar ittifoqi beradi. Xorazm viloyati yoshlari uchun 5000 ta futbolka tikib berasiz. Bu sizning ilk ishingiz bo’ladi, - dedi Yoshlar yetakchisi.

- Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida 34 million kredit olib o’zimning kichik tikuvchilik seximni ochdim. Hozirda 10 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minladim. Keyinchalik uy sharoitida ishlayman, degan ayollarni ham xohishini qondirib, tikuv mashinalarini uylariga eltib beramiz. Asosiysi, ish bajarilsa, bo’lgani. Davlat maslahatchisidan bugun birinchi buyurtmani ham qabul qilib oldim. Bu qanchalik quvonchli ekanligini ta’riflash qiyin. Kelajakda ish faoliyatimni kengaytirib, 50, 60 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash niyatidaman, - deydi atel’e rahbari Gulnora Allayarova.



Ulashing:

E'lon