logo
. . .


Avval xabar berganimizdek, Yurtimizda ilk bor O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan xorijdagi yosh yurtdoshlarimiz ishtirokida “Yosh vatandoshlar” festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, festivalning maqsadi  xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mamlakatimizning boy madaniy merosi, azaliy qadriyatlari, urf-odatlar va eng asosiysi, yoshlarimizning hayoti bilan yaqindan tanishtirishdir. Shuningdek, o‘zaro muloqot muhitini shakllantirish, ularning tajribalaridan unumli foydalanish va yurtimizdagi islohotlarga jalb etgan holda investitsiya kiritishni targ‘ib qilish ham mo‘ljallangan.

Joriy yilning  12-aprel kuni, festivalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida 3 guruhga bo‘lingan ishtirokchilar uchun tadbirkorlik, turizm, fan-ta'lim va texnologiyalar yo‘nalishida sessiyalar bo‘lib o‘tdi.
Sessiyalar o‘z ishini yakunlagach, mehmonlar uchun “Zarqaynar” majmuasida yosh dizaynerlarning milliy liboslar kolleksiyalari namoyishi o‘tkazildi.

Shuningdek, festival doirasida Yoshlar yetakchisi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun o‘z loyihalarini taqdim etgan yoshlar bilan uchrashdi.

Tadbirdagi qiziqarli suhbatlar, fikr-mulohazalar va muzokaralardan so’ng yosh vatandoshlarimiz bugun tongda ko‘hna va navqiron Samarqand sari yo‘l olishdi.
Ayni damda ular Imom al-Buxoriy majmuasini ziyorat qilishmoqda.

Keyingi manzil Samarqand qishloq xo’jaligi instituti bo‘lib, bu yerda  yoshlar bilan uchrashuv va festival ishtirokchilaridan mahorat darslari o’tkazilishi kutilmoqda.

Shaxnoza Nurullayeva



Ulashing:

E'lon