logo
. . .


Yana migratsiya muammosiga duch kelgan hokim qanday yo'l tutdi?

Bugun Surxondaryo viloyatining Jarqo'rg'on hamda Qumqo’rg’on tumanida O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi bilan viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning yoshlar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.

Ushbu ushrashuv oldingilaridan farq qildi. Sababi, tuman hokimligi binosida o'tkazilgan muloqotda yig'ilganlarning deyarli barchasi Rossiya Federatsiyasiga ish izlab ketmoqchi bo'lgan, ishlab kelgan, hozirda ishsizlik muammosi bilan qiynalayotgan yoshlar.

Bir so'z bilan aytganda, uchrashuv bugungi kunda dolzarb hisoblangan migratsiya muammolariga bag'ishlandi.

Odatdagidek viloyat hokimi qisqa nutq qilib, "Bugun sizlarni eshitmoqchiman. Muammolaringizni, takliflaringizni ayting", deya ochiq muloqotni boshlаdi. Ahamiyatlisi, aloqador tashkilotlar rahbarlari ham shu yerda. Muloqotda Qumqo'rg’on tumani yoshlaridan 70 ga yaqin murojaat, Jarqo'rg'on yoshlari tomonidan esa 85 ta turli taklif, muammolar bildirildi. Asosiy murojaatlar ish bilan ta’minlash masalasida bo'ldi.

450 nafarga yaqin yaqin yoshlar ishtirok etgan muloqot davomida 150 tadan oshiq savol va takliflar bildirildi. 60% murojaat joyida hal etildi.

Eng muhimi, ko’plab yoshlar ish bilan ta’minlanadigan, o’z uyidan uzoqlarga ketmaydigan bo’ldi.

Ma’lumot o’rnida: Shu vaqtgacha “Hokim va yoshlar” uchrashuvi Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida ham tashkil etildi.

O'tgan 2017-yilda ham barcha tumanlarga tashrif uyushtirilib, yoshlar bilan ochiq muloqotlar o'tkazilgan edi.



Ulashing:

E'lon