logo
. . .


2018-yil 27- iyun kuni Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturini keng ko‘lamda amalga oshirish hamda aholining mavjud muammolarini hal qilish maqsadida Farg‘ona viloyatining barcha tuman, shaharlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 65 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, ishchi guruh tomonidan mazkur mahallalardagi 120 ta xonadonda yashovchi aholining turmush darajasi o‘rganildi. Ularning 832 nafarini yoshlar tashkil qiladi, undan 61 nafari mehnatga layoqatsiz, ko‘p sonli yoshlarning esa bandligi ta’minlanmagan.

Ishchi guruh a’zolari bilan o‘tkazilgan yuzma-yuz uchrashuvlarda ko'plab yoshlar tadbirkorlik qilish istagini bildirdi va o‘z biznes g‘oyalarini taqdim etishdi.

Kelib tushgan murojaatlar asosida aholining turmush darajasini yaxshilash maqsadida aniq rejalar belgilab olindi.



Ulashing:

E'lon