logo
. . .


Davlat maslahatchisiga atalgan ushbu xatda nima haqida yozilgan edi?

Urganch tumanidagi “Yuqoribog’” mahallasining 100 nafar yosh fuqarolari Davlat maslahatchisiga murojaat yozdi.

Murojaat mazmuniga ko’ra, yoshlar ishsizlikdan qiynalayotgani va bandliklarini ta'minlash yuzasidan Yoshlar yetakchisidan yordam berishni so’rashadi.

Tez orada murojaatni qondirish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Bugun ushbu mahallada mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Erta tongdan boshlangan yarmarka kunning ikkinchi yarmida mahalladagi har bir uyda ham davom etdi.

Respublika, viloyat va tuman Kengashi xodimlari mahallaning yoshlarini ish bilan ta’minlash yuzasidan uyma-uy kirib, yoshlarga turli korxona va tashkilotlardan ish taklif qilishdi.

Ayni daqiqaga qadar 67 nafar yosh ish bilan ta’minlandi.

Yoshlarni ish bilan ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.



Ulashing:

E'lon