Press-klub

Press klubning asosiy maqsadi mamlakatimiz yoshlari hayotida ro’y berayotgan voqea-hodisalarni tezkor va sifatli yoritishda interfaol mediamaydonni tashkil qilish orqali ijtimoiy muloqotni yanada kuchaytirish, O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan vazifalar ijrosini tahlil qilish hamda yoshlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida bo’layotgan o’zgarishlar haqida ob’ektiv ma’lumotlarni jamoatchilikka yetkazishdan iboratdir.

Press klub quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • yoshlar masalalarini yoritishga qaratilgan konstruktiv muloqotlarni olib borish uchun tashkil etilgan mediamaydonda davlat boshqaruvi organlari, ekspertlik jamiyatlari vakillari, xorijlik va mahalliy mutaxassislar bilan ommaviy axborot vositalari ishtirokida ochiq muloqotlar o’tkazadi va uchrashuvlar tashkil etadi;
  • yoshlar mavzusidagi muammoli masalalar bo’yicha ishonchli axborotlarni yoritish uchun press-konferentsiyalar, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlarni o’tkazish orqali o’zaro ta’sirchan kommunikativ maydonni yaratadi va kengaytiradi;
  • yoshlar muammolari va ularning yechimiga bag’ishlangan turli shakl va janlarda axborot va tahliliy teleko’rsatuv va teledebatlar tayyorlaydi va olib boradi;
  • san’at, madaniyat va sportning hozirgi kunda yoshlar hayoti va ongiga ta’sirini o’rganadi, natijasini mediamaydonda tahlil qilish orqali keng jamoatchilikka yetkazadi;
  • yoshlar masalalarini, ayniqsa yoshlarning tarbiyasiga chuqur ta’sir ko’rsatadigan zamonamiz qahramonlari obrazini yaratuvchi spektakllar va filьmlar tematikasini jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqadi va ularni muhokamaga qo’yadi;
  • yoshlarning tashabbuslari, dasturlari, loyihalari va turli mavzudagi tadbirlariga doir masalalarni hamda Press klub faoliyatini to’liq va ob’ektiv yoritish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqotlar o’tkazib boradi va bu yo’nalishda ular bilan hamkorlik qiladi;
  • yoshlarga oid davlat siyosatini faol yoritishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining matbuot xizmatlari bilan o’zaro aloqalarni yo’lga qo’yadi;