logo
. . .

“Yoshlar marafoni”

Yoshlar marafonida ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

 

21 mart “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Yoshlar marafoni” ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidag

N I Z O M I

 



1. “Yoshlar marafoni” (bundan buyon matnlarda marafon deb yuritiladi) O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bilan hamkorlikda (bundan buyon matnlarda mazkur tashkilotchilar – Tashkiliy qo‘mita deb yuritiladi) tashkil etiladi.

2. “Yoshlar marafoni” ishtirokchilari Nizomda belgilangan talabnoma asosida marafonda ishtirok etadi.

3. Marafonni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarni amaliy sport musobaqalariga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o‘zaro madaniy-sport aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda yoshlarni sport o‘yinlariga ommaviy tarzda jalb qilish, jismoniy tarbiya va sportni yoshlarning kundalik turmush hayotiga muhim vazifa sifatida kiritish, sog‘lom turmush tarziga rioya qiladigan vatanparvar, mas’ulliyatli, barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir.

4. Mazkur marafon mahallalardagi uyushmagan yoshlar, ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 16-30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida yengil atletika sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan yugurish qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.

5. Marafon ishtirokchi sport formasida bo‘lishi lozim.

6. Musobaqa davomida yuzaga kelgan muammolar tegishli tashkiliy qo‘mita tomonidan hal etiladi.

7. Marafonni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, Yengil atletika bo‘yicha oliy sport maxorati maktabi tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay’atiga yuklanadi.

8. Marafon 2018 yilning mart oyida Respublikaning barcha xududlarida (markaziy ko‘chalarida 6-8 ming nafar) belgilangan reja-jadval asosida o‘tkaziladi (Toshkent shahri ilovadagi yo‘nalish bo‘yicha yoshlar marafoninini o‘tkazish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rsin).

9. Yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan marafonga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga umumiy rahbarlik qilish O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining xududiy Kengashlari hamda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi viloyat bo‘limlari tomonidan olib boriladi.

10. Musobaqada ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalardan o‘quvchi-talabalari hamda mahallalardagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida o‘tkazishga ruxsat beriladi.

12. Marafon hududning markaziy ko‘chalari belgilab olingan masofa doirasida o‘tkaziladi.

13. Marafon havaskor yuguruvchilar orasida o‘tkaziladi.

14. Marafon uzunligi quyidagi masofalardan iborat bo‘ladi:

14.1. 2018 metr;

14.2. 3 km;

14.3. 21 km.

15. Ommaviy yugurish quyidagi yosh guruhlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

I bosqich: 10-11 sinf maktab o‘quvchilari orasida;

II bosqich: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari orasida;

III bosqich: Oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida;

IV bosqich: Mahalladagi uyushmagan yoshlar orasida.

16. Ishtirokchilarining talabnomasi bitta nusxada marafon boshlanishidan kamida 5 kun oldin tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi. Talabnomada o‘qish joyi, tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqida ma’lumotlar (shifokor tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart).

17. Ro‘yxatga olish marafon o‘tkaziladigan kuni soat 7.30 dan soat 8.30 gacha tashkil etiladi.

18. Marafonga 16 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta ishtirokchilar jalb etilishi mumkin emas.


19. Marafonda 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan g‘olib ishtirokchilarga medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanadi.

20. Marafon g‘oliblariga esdalik sovg‘alar hamkor tashkilotlarning homiyligi asosida tashkil etiladi.


21. Marafon shaxsiy birinchilik uchun o‘tkaziladi. 22. Xar bir masofa bo‘yicha o‘z yosh guruhida 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan yigit-qizlar marafon tashkiliy qo‘mitasi tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.


23. Mazkur nizomga marafonning tegishli bosqichi tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.cli

E'lon