“Temurbeklar maktabi”da ilk marotaba “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi o'tkazildi!" Tanlov iqtidorimizni ko'rsatishda munosib maydon bo‘ldi"
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi doirasida Farg‘ona viloyatida “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari hamda harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovni Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo ochib berdi.
- ”Temurbeklar maktabi" o‘quvchilari o‘rtasida ilk marotaba tashkil qilingan “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi yosh harbiylarni kitobga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otadi, - degan umiddaman,- dedi Iqbol Mirzo. - Sizlar berilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, vataningizni asrashdek buyuk burchni to‘la ado etishingizga ishonaman!