logo
. . .

“InnoWeek-2018”

Yosh ixtirochilar uchun muhim innovatsion haftalik!

Respublika yosh olimlar Kengashi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda yosh ixtirochilarni qo‘llab-quvvatlash, bo‘lajak olimlarning g‘oya va loyihalarini amalga oshirishiga ko‘maklashish hamda xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirokini ta’minlash maqsadida 7-12-may kunlari “InnoWeek-2018” Respublika yosh ixtirochilarining innovatsion haftaligini o‘tkazadi.

“InnoWeyek-2018” Respublika yosh ixtirochilarning innovatsion haftaligi barcha oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

–mexatronika va robototexnika;

–axborot texnologiyalari (AT);

–arxitektura va dizayn.

Haftalik doirasida yosh ixtirochilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha yaratgan innovatsion texnik ishlanmalari, foydali modellari va loyihalari bilan mini yarmarkada ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilardan yo‘nalishlar bo‘yicha kichik jamoalarga bo‘lingan holda mutaxassislar tomonidan berilgan topshiriqlarga jamoaviy tarzda innovatsion, ijodiy va amaliy yechim topishlari talab etiladi;

Haftalik so‘ngida har bir yo‘nalish bo‘yicha kichik jamoalar berilgan topshiriqlar yuzasidan o‘zining innovatsion model, ishlanma va loyihalarini taqdimotini namoyish etadi;

Har bir yo‘nalish bo‘yicha kreativ innovatsion g‘oya, loyiha va modellarini yaratgan kichik jamoa haftalik tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlanadi.

E'lon