logo
. . .

“Momomning sandig‘i”

Ertaklar tanloviga ishtirok eting!

 

“Momomning sandig‘i” respublika bolalar ertaklari tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha

N I Z O M

 



1.1. “Momomning sandig‘i” bolalar ertaklari tanlovi (bundan buyon “Tanlov” deb yuritiladi) mamlakatimiz yoshlarining kitobxonlik savodxonligini oshirish, xalq og‘zaki ijodi bilan yaqindan tanishtirish, yangi pedtexnologiyalarni qo‘llagan holda bolalar o‘rtasida ertaklarni o‘qitishning zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirish bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.

1.2. Tanlov “Kamalak” bolalar tashkiloti a’zolari o‘rtasida mazkur Nizom asosida an’anaviy tarzda o‘tkaziladi.

1.3. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalar Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan hal etiladi.

1.4. Tanlov televizion dastur ko‘rinishida tashkil etiladi.

1.5. Tanlovda 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari, “Kamalak” bolalar tashkiloti a’zolari ishtirok etishlari mumkin.


2.1. Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi.
- 1-bosqich tanlovga ijodiy ishlarning qabul qilish bosqichi (ishtirokchilar tomonidan eng kamida 5 ta ijodiy ishlar o‘zlari tomonidan yozilgan ertaklar namunalari topshirilishi lozim);
- 2-bosqich ijodiy ishlarning saralash bosqichi (Respublika eskpertlar guruhi tomonidan amalga oshiriladi va 14 ta eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlarning mualliflari saralab olinadi);
- 3-bosqich saralangan ijodiy ishlarning OAVlaridagi “Momomning sandig‘i” bolalar ertaklari qo‘rsatuvidagi taqdimoti (mualliflar tomonidan “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Bolajon” va “MY5” telekanallarining kechki efir vaqtlarida o‘qib berib boriladi);
- 4-bosqich www.yi.uz saytida ochiq ovozga qo‘yish (onlayn ovoz berish jarayonlari tashkil etiladi).

2.2. Tanlovda ochiq ovoz berish natijalari yakunlariga ko‘ra 3 nafar bolalar tanlov g‘oliblari deb e’lon qilinadi.

2.3. 3-bosqichgacha yetib kelgan barcha bolalarning ijodiy ishlari mualliflik huquqi berilgan holatda “Momoning sandig‘i” bolalar ertaklari to‘plamida (kitob shaklida) chop etiladi.


2.1. Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi.

3.1. Tanlovning ekspertlar guruhi tarkibi bolalar Yozuvchilari va jurnalistlari hamda bolalar va o‘smirlar jurnallari muharrirlaridan iborat bo‘lishi lozim.

3.2. Ekspertlar guruhi tarkibiga ishtirokchilarga aloqasi bo‘lmagan vakillar kiritilishi lozim.


4.1. Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kuchli 3 talikka kirgan ishtirokchilar tanlovning maxsus statuetkasi, diplom hamda kompyuter jamlanmalari (Monoblok) bilan taqdirlanadi hamda keyingi tanlovga qadar “Momomning sandig‘i” bolalar ertaklari ko‘rsatuvlarida ijodiy ishlari bilan ishtirok etib borish uchun imtiyozlarga ega bo‘ladi.

4.2. Tanlovda ishtirok etib, 3-bosqichgacha yetib kelgan, ammo g‘oliblikni qo‘lga kirita olmagan ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

E'lon