logo
. . .

“Ona yer yoshlar qo‘lida”

Birlashib ona yerni asraymiz!

 

“Ona yer yoshlar qo‘lida” shiori ostida o‘tkaziladigan O‘zbekiston yosh fermerlari Respublika forumining

KONSЕPSIYASI

 


Mazkur Respublika forumi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashining
tashabbusi sifatida, rivojlanishimizning harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarining ijrosini
ta’minlash, yosh fermerlarning faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ularning o‘zaro hamkorligini
kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston
yosh fermerlari Kengashi hamda mahalliy hokimliklar.

O‘tkaziladigan joyi: Toshkent shahri va Toshkent viloyati

O‘tkaziladigan sana:2017 yil 25 noyabr
Ishtirokchilar: Respublikamizning barcha hududlaridan 600 nafar yosh fermerlar, O‘zbekiston
qaxramonlari, Senatorlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, ilg‘or natijalarga erishgan
fermerlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer
egalari kengashining mas’ullari, O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi hamda bir qator tegishli
vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat
iqtisodiyot universitetining professorlari, M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI
olim va mutaxassislari, bank, moliya muassasalari hamda OAV vakillari

1. Respublika forumining ishtirokchilari kutib olinadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

2. “Yosh fermer - kelajak bunyodkori” nomli yosh fermerlar misolida ko‘rgazma tashkil etiladi.

O‘tkaziladigan joyi: “Yoshlar ijodiyot saroyi” fayesi.

O‘tkaziladigan sana: 2017 yil 25 noyabr soat 08:30 dan 13.30 qadar.
Ko‘rgazmali seminar: Beshta yo‘nalish, dehqonchilik, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, qayta ishlash,
innovatsion ishlanmalar va eksport qilish yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Ko‘rgazmada respublikamizda erishilgan ilg‘or tajribalar va yutuqlar, yo‘nalishlar bo‘yicha ilg‘or yosh
fermerlar faoliyatini aks ettiruvchi foto galereya, maxsus bannerlar va roliklar hamda mahsulotlar
ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Salmoqli natijalarga erishgan yosh fermerlarning ishtiroki ta’minlanadi.

3. “O‘zbekistonda fermerlik harakati: rivojlanish bosqichlari tashkiliy-huquqiy asoslari va istiqbollari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy seminar.

O‘tkaziladigan joy: “Yoshlar ijodiyot saroyi”ningmajlislar zali.

O‘tkaziladigan sana: 2017 yil 25 noyabr soat 9:00 da.
Ilmiy seminar: O‘zbekiston Respublikasida fermerlik harakatini rivojlantirish bosqichlari, xususan
yosh fermerlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatidagi huquqiy-iqtisodiy munosabatlar,
fermerlik faoliyatini yanada rivojlantirish borasidagi amaliy takliflarga bag‘ishlanadi.

Seminar soat 09:00 dan 12:30 ga qadar tashkil etiladi.

Seminarda kirish so‘zlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi
Q.Q.Quranbayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z.T.Mirzayev, O‘zbekiston
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi B.T.Yusupov), yosh fermerlar
(Andijon viloyati “Zamon mirishkorlari” fermer xo‘jaligi rahbari Xojiyev Omatulloxon Husniddin o‘g‘li,
Navoiy viloyati “Obod turmush kelajagi” ko‘ptarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Mamanova Nargiza Abdurazzoq qizi),
ilmiy ma’ruzalar (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi
T.Sh.Ernazarov, Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va marketingi kafedrasi
mudiri, Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor M.Saidov), ilg‘or fermerlar (O‘zbekiston Qahramoni,
Jizzax viloyati Fermerlar Kengashi raisi Eshmatov Anorboy Abbosovich, Mehnat shuhrati ordeni, “Nurli-obod”
fermer xo‘jaligi rahbari L.N.Murotova), zamonaviy fermer qiyofasi bo‘yicha mahorat darslari (Andijon viloyati,
Bo‘z tumani “Rash-Milk” fermer xo‘jaligi rahbari R.Mirzayev) tinglanadi va bildirilgan takliflar asosida tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Shuningdek, Respublika yosh fermerlar forumi ishtirokchilarining “Fidoying bo‘lgaymiz seni O‘zbekiston”
shiori ostidagi murojaati qabul qilinadi.

Tushlik: 12:30-13:30 qadar.
4. “Yosh fermerlar – innovatsion rivojlanish yo‘lida” mavzusida biznes sayohat tashkil etiladi.

O‘tkaziladigan joy: Yuqori Chirchiq tumanidagi “Marwin Brands” korxonasining meva-sabzavot mahsulotlarini
qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va eksportga yo‘naltirish jarayoni bilan tanishiladi.

O‘tkaziladigan sana: 2017 yil 25 noyabr soat 14:30 dan 17:00 qadar.
Amaliy uchrashuv: Faoliyati davomida qayta ishlashni joriy etish orqali qishloq joylarga sanoatni olib kirgan,
yangi ish o‘rinlarni yaratgan, zamonaviy innovatsion texnika va texnologiyalarni, xorijiy investitsiyalarni
ishlab chiqarishga jalb etgan, qishloq infratuzilmalarini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan fermerlar faoliyatiga bag‘ishlanadi.
Amaliy uchrashuvda ilg‘or fermerlar tomonidan mahorat darslari o‘tkaziladi. Tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirok etadi.
Mas’ul: Yoshlar ittifoqining Yuqori Chirchiq tuman Kengashi,
Yuqori Chirchiq tuman fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi,
Yuqori Chirchiq tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi.

5. “Fermer boy bo‘lsa, yurt obod bo‘ladi” mavzusida tajriba almashiladi.
O‘tkaziladigan joy: Toshkent tumani “To‘xtaniyoz ota” fermer xo‘jaligining chorva mahsulotlari yetishtirish va
qayta ishlash sohasida erishgan yutuqlari bilan tanishiladi.
O‘tkaziladigan sana: 2017 yil 25 noyabr soat 14:30 dan 17:00 qadar.
Tajriba almashuv: Naslli chorvachilikni rivojlantirish, chorva komplekslarini zamonaviy usulda tashkil etish,
chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, faoliyatiga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlanadi.

Tajriba almashuv jarayonida ilg‘or fermerlar tomonidan mahorat darslari o‘tkaziladi.
Mas’ul: Yoshlar ittifoqining Toshkent tuman Kengashi, Toshkent tuman fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi,
Toshkent tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi.

6. “Yosh fermerlar raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportga yo‘naltirish yo‘lida” mavzusida amaliy tashrif.

O‘tkaziladigan joy: Qibray tumani “Salar Nuriddinov” fermer xo‘jaligining issiqxona, limonariya xo‘jaliklari hamda
mahsulot yetishtirish va eksportga tayyorlash jarayonlari bilan tanishiladi. Shuningdek, Toshkent davlat agrar
universitetining tajriba maydoniga tashrif uyushtiriladi.
O‘tkaziladigan sana:2017 yil 25 noyabr soat 14:30 dan 17:00 qadar.
Amaliy tashrif: Fermer xo‘jaliklari tomonidan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, mahsulotni saralash
va qadoqlash, eksportga yo‘naltirish, issiqxona va limonariya xo‘jaliklaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlanadi.
Amaliy tashrif jarayonida ilg‘or fermerlar tomonidan mahorat darslari o‘tkaziladi.
Mas’ul: Yoshlar ittifoqining Qibray tuman Kengashi, Qibray tuman fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi,
Qibray tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi.

7. “Yosh fermerlar tomonidan meva va uzum yetishtirishni yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy
seminar.
O‘tkaziladigan joy: M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI tajriba maydoni.
O‘tkaziladigan sana: 2017 yil 25 noyabr soat 14:30 dan 17:00 qadar.
Amaliy seminar: Intensiv bog‘ va tokzorlar yaratish, mahalliy navlardan unumli foydalanish, bog‘ va tokzorlarni
parvarishlash, yangi sermahsul navlarni joriy etish borasida olim va soha mutaxassislari hamda ilg‘or fermerlar
tomonidan tavsiya va ko‘rsatmalar berishga bag‘ishlanadi. Taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Amaliy seminar jarayonida ilg‘or fermerlar tomonidan mahorat darslari o‘tkaziladi.

Online anketa topshirish Anketani yuklab olish

E'lon