logo
. . .

"O’zbekiston belgisi" ko’krak nishoni

Mamlakat ijtimoiy–siyosiy hayotidagi faol yoshlar uchun

 

“O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni to’g’risidagi

N I Z O M

 


1. “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni bilan milliy ma’naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg’usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o’zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obro’si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy – siyosiy hayotida faol ishtirok etib namuna ko’rsatayotgan yoshlar taqdirlanadi.
2. “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoniga nomzodlar O’zbekiston yoshlar ittifoqining quyi tashkilotlari va jamoatchilik tomonidan taqdim etiladi.
3. “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qarori asosida beriladi.
4. “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlash tartibi O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan belgilanadi.
5. “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni hamda uning guvohnomasi taqdirlanganlarga tantanali vaziyatda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining raisi tomonidan topshiriladi.
6. “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni takroran berilmaydi.
7. “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni ko’krakning chap tomoniga taqiladi.

E'lon