logo
. . .

“Yilning eng faol yosh mutaxassisi”

Fidoyi kadr ekanligingini amalda namoyon et!

Bu imkoniyat ham sizlar uchun! “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanloviga ishtirok etib, fidoyi kadr ekanligingizni amalda namoyon eting!

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda kasaba uyushmasiga a’zo turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar “Eng faol yosh bank xodimi”, “Eng faol yosh ipakchilik sanoati xodimi”, “Eng faol yosh ichki ishlar xodimi”, “Eng faol yosh quruvchi”, “Eng faol yosh olim”, “Eng faol yosh tarbiyachi”, “Eng faol yosh transportchi”, “Eng faol yosh fermer”, “Eng faol yosh shifokor”, “Eng faol yosh aviaxodim”, “Eng faol yosh geolog”, “Eng faol yosh dasturchi”, “Eng faol yosh kimyogar”, “Eng faol yosh konchi”, “Eng faol yosh mashinasoz”, “Eng faol yosh metallurg”, “Eng faol yosh neftgaz sanoati muhandisi”, “Eng faol yosh temiryo‘lchi”, “Eng faol yosh elektrotexnik”, “Eng faol yosh energetik” yo‘nalish-nominatsiyalari bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin. Talabgorlar tanlov nominatsiyasi nomini ko‘rsatgan holda o‘zi mehnat qilayotgan korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasiga tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.

Tanlov uch bosqichda, ya’ni korxona, tashkilot va muassasa (tuman, shahar)larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida hamda respublika-tarmoqlar miqyosida o‘tkaziladi.

«Yilning eng faol yosh mutaxassisi» tanlovi g‘oliblari orasidan saralangan mutaxassis, ya’ni yangi ishlanma va loyihalariga ega bo‘lgan, loyihasi samaradorligi natijasida respublika iqtisodiyotiga hissa qo‘shiladigan, ijtimoiy-siyosiy faol uch nafar yosh mutaxassis kasaba uyushmalarining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 

Tanlovda har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va boshqa tashkilotlarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

G‘oliblarga mukofotlar 2018-yil avgust oyida tashkil etiladigan “Yosh mutaxassislar” V respublika forumida tantanali ravishda topshiriladi.

Tanlov haqidagi ma’lumotlar bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining internet tarmog‘idagi www.kasaba.uz portali orqali tanishishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: (+998 71) 252-78-39, 256-76-57.

E'lon