logo
. . .

Yoshlar ittifoqi partasi

Ta'lim sifatini birgalikda oshiramiz!

 

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari sinflarida Yoshlar ittifoqi partasini tashkil etish bo‘yicha

Y O‘ R I Q N O M A

 


1. Yoshlar ittifoqi partasi – respublikaning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi sinflarda iqtidorli
va faol o‘quvchilarni tengdoshlariga o‘rnak qilib ko‘rsatish uchun tashkil etiladigan loyiha hisoblanadi.

2. Yoshlar ittifoqi partasini tashkil etishdan asosiy maqsad – ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya
sifatini oshirish, ularda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish hamda har tomonlama
barkamol avlod voyaga yetishishida ko‘maklashishdan iborat.

3. Loyihani tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:
- ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning o‘qishga, ijtimoiy faollikka bo‘lgan qiziqishi va intilishini oshirish;
- ta’lim muassasalari o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, davomati, tartib-intizomi va ijtimoiy faolligi oshishiga hissa qo‘shish;
- o‘quvchilar o‘rtasida har tomonlama sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
- har tomonlama namuna ko‘rsatgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish;
- o‘zlashtirishi past, tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlashda ta’lim muassasasiga ko‘maklashish;
- Yoshlar ittifoqi maqsad-vazifalari har bir yoshga yetib borishi va ularning onggiga singishiga erishish.

4. Yoshlar ittifoqi partasi har bir sinfda tashkil etilib, qaysi qator va qaysi o‘rinda joylashishi erkin
tanlanadi.

Yoshlar ittifoqi partasi boshqa partalardan ajralib turishi uchun maxsus bezatilishi mumkin. Xususan
partada O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i hamda Yoshlar ittifoqi ramzi tushirilgan bayroq
o‘rnatilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

5. Yoshlar ittifoqi partasida sinfning o‘tgan oy yakunlari bo‘yicha eng iqtidorli va faol o‘quvchisi
hamda unga biriktirilgan o‘zlashtirishi past o‘quvchi o‘tiradi.

6. Yoshlar ittifoqi partasida o‘tiradigan o‘quvchilar o‘zlashtirishi, davomati, odob-axloqi va faolligi
bo‘yicha yuritiladigan oylik reytinglar asosida belgilanadi. Bunda o‘quvchilarning o‘tgan oy
davomidagi faoliyatiga quyidagi mezonlar asosida balllar beriladi:
- darslarda olgan har bir bahosi uchun ball;
- sinf yoki maktabning jamoatchilik ishlarida har bir ishtiroki uchun;
- tanlov va musobaqalardagi yutuqlari uchun ball;
- o‘quv adabiyotlaridan tashqari har bir o‘qigan badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy yoki tarixiy kitoblari uchun ball;
- sababsiz qoldirgan yoki kechikib kelgan har bir dars uchun jarima ball;
- ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun jarima ball.

7. Yoshlar ittifoqi partasida o‘tiradigan o‘quvchilarni aniqlash uchun umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi
“Yoshlar yetakchisi” rahbarligida sinf rahbarlari va o‘qituvchilardan tuziladigan komissiya tomonidan
amalga oshiriladi.
Yoshlar ittifoqi partasida o‘tiradigan namunali o‘quvchi bir oy davomida Sinf sardorining o‘rinbosari
vazifasini bajaradi.

8. Har oyning birinchi sanasi (agar mazkur sana dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, o‘qish boshlangan
sana)da Yoshlar yetakchisi va sinf rahbari sinflarga kirib, Yoshlar ittifoqi partasida o‘tiradigan
o‘quvchini e’lon qiladi hamda ularni e’tirof etgan holda mazkur partaga qo‘chiradi.
Shuningdek, sinfdagi o‘zlashtirishi, davomati past yoki tarbiyasi og‘ir o‘quvchilardan birini tanlab,
Yoshlar ittifoqi partasiga o‘tirgan namunali o‘quvchi yoniga ko‘chiradi.

9. Yoshlar ittifoqi partasida o‘tiruvchi namunali o‘quvchi quyidagi talab va vazifalarni bajaradi:
- bir oy davomida o‘zlashtirishi, davomati, ichki tartib-qoidalarga rioya etishi, faolligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishi;
- Yoshlar ittifoqi faoliyati, maqsad-vazifalarini sinf miqyosida keng targ‘ib etishi, boshlang‘ich tashkilot faoliyatida faol ishtirok etishi;
- o‘ziga biriktirilgan (o‘zlashtirishi past, tarbiyasi og‘ir) o‘quvchining o‘qishi va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlariga ko‘maklashishi;
- Yoshlar ittifoqi partasini toza-ozoda saqlashi, ehtiyot qilishi.

10. Yoshlar ittifoqi partasida o‘tiradigan o‘quvchilar bir oy davomida belgilangan talab va vazifalarni
a’lo darajada bajarsa, oy so‘nggida Yoshlar ittifoqi tomonidan faxriy yorliq va sovg‘a (kitob va o‘quv
qurollari)lar bilan taqdirlanib borishi.

11. Bir o‘quvchi ketma-ket bir marotabadan, o‘quv yili davomida ikki marotabadan ko‘p Yoshlar
ittifoqi partasida o‘tirishiga ruxsat etilmaydi.

E'lon