logo
. . .

"Yoshlar poyezdi" ommaviy aksiya

Islohotlar biz uchun! “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!”

 

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostida o’tkaziladigan “Yoshlar poezdi” targ’ibot aksiyasi

KONSEPSIYASI

 


1.1. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostida o’tkaziladigan “Yoshlar poyezdi” targ’ibot aksiyasi (keyingi o’rinlarda “Yoshlar poyezdi” deb yuritiladi) barcha hududlarda o’tkaziladigan, keng qamrovli, turli yo’nalishlardagi targ’ibot tadbirlarini o’zida mujassamlashtirgan ommaviy aksiya hisoblanadi.
1.2. “Yoshlar poyezdi”da yosh olim va mutaxassislar, shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, estrada xonandalari, tadbirkorlar, sportchilar, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositasi vakillari, Yoshlar ittifoqi faollari va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlaridan iborat targ’ibot guruhlari Respublikamizning barcha hududlariga chiqib, tashkil etiladigan targ’ibot tadbirlarida ishtirok etadi.
1.3. “Yoshlar poyezdi” bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yo’nalishida olib borilayotgan islohotlarni o’zida aks ettiruvchi targ’ibot dasturiga ega bo’ladi.
1.4. “Yoshlar poyezdi”ni o’tkazish bilan bog’liq tashkiliy masalalar Respublika tashkiliy qo’mitasi tomonidan hal etiladi.

— yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, demokratik o’zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish, ularda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg’usini shakllantirish va ijtimoiy faolligini oshirish;
— O’zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalarini targ’ib etish;
— davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni yoshlar o’rtasida keng targ’ib etish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalana olish mas’uliyati ularning o’z zimmasida ekanligini atroflicha tushuntirish orqali yoshlar o’rtasida boqimandalik kayfiyatini yo’qotish, ularda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish;
— yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini yanada kengaytirish, ularning ma’naviy barkamol shaxs bo’lib, jamiyatda o’z o’rinlarini topishlari hamda o’zlari qiziqqan sohaning yetuk mutaxassislari bo’lib yetishishlarida ko’maklashish;
— ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, diniy ekstremistik oqimga xayrixoh oila farzandlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga ko’maklashishdan iborat.

3.1. “Yoshlar poyezdi” har bir hududning barcha tuman (shahar)larida alohida dastur asosida tashkil etiladi. Dastur 2 kunga mo’ljallangan bo’lib, uning doirasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ochiq muloqot. Hududlarda faoliyat yuritayotgan yirik ishlab chiqarish korxonalarining ishchi-xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig’inining aholisi, ayniqsa, vaqtincha ishsiz bo’lgan uyushmagan yoshlar bilan ochiq muloqotlar o’tkaziladi. Muloqotlar quyidagi tartibda o’tkaziladi:
– yirik ishlab chiqarish korxonalarida mehnat qilayotgan yosh ishchi-xodimlar bilan uchrashuv tashkil etiladi;
– mahalla fuqarolar yig’inlarida tashkil etiladigan uchrashuv hududdagi ta’lim muassasasining katta majlislar zalida yoki salqin hududga ega bo’lgan mahalla guzarida kamida 100 nafargacha bo’lgan yoshlar ishtirokida o’tkaziladi.
Ochiq muloqotlar quyidagi mavzularda o’tkaziladi:
– O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida;
– Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori mazmun mohiyati to’g’risida;
– Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi mazmun-mohiyati to’g’risida;
– Yoshlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish to’g’risida;
– Yoshlar o’rtasida tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish, bandlik muammosini hal etishga oid amaliy va konsulьtativ ko’mak berish to’g’risida.
Kitob hayriya aksiyasi. Targ’ibot guruhi a’zolari ishtirokida O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan ajratilgan kitoblarning hayriya aksiyasi tashkil etiladi. Unda chekka-chekka qishloqlardagi ta’lim muassasalari, mahallalar, harbiy qismlar va kasalxonalarga kitoblar sovg’a qilinadi. Shuningdek, mazkur aksiyaga ko’ngilli yoshlar ham o’z hissalarini qo’shishlari mumkin.
Har bir tuman (shahar)da kamida 2 ta mahalla fuqarolar yig’inlari,
1 ta harbiy qism hamda tuman (shahar) markaziy shifoxonasida tashkil etiladi. Har bir ob’ektda kamida 50 tadan kitob sovg’a tariqasida tarqatiladi.
Ijtimoiy himoya. Targ’ibot guruhi a’zolari tomonidan mahallalardagi imkoniyati cheklangan, chin yetim, shuningdek, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun O’zbekiston yoshlar ittifoqining maxsus sovg’alari ulashiladi.
Shuningdek, tajribali shifokorlarni jalb qilgan holda bepul tibbiy ko’riklar tashkil etiladi.
Spektaklь namoyishi. Har bir tuman va shaharlarda yoshlarning kayfiyatini ko’tarish maqsadida Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri va “O’zbekkino” milliy agentligi aktyorlari tomonidan spektaklь namoyishi tashkil etiladi.
Yakuniy madaniy tadbir. Har bir hududda tashkil etilgan “Yoshlar poyezdi” yakunida madaniyat va istirohat bog’laridan birida madaniyat va san’at namoyondalari (xonanda, aktyorlar) ishtirokida kontsert dasturi tashkil etiladi. Madaniy tadbirda aholining turli qatlamlari, jumladan, uyushmagan yoshlar ishtirok etadi.
3.2. “Yoshlar poyezdi”ni tashkil etish tartibiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish Respublika tashkiliy qo’mitasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
3.3. “Yoshlar poyezdi” targ’ibot guruhi a’zolarining vazifalari quyidagilardan iborat:
– Moderator – targ’ibot tadbirlari, ochiq muloqot va uchrashuvlarda tadbirni boshlash, targ’ibot guruhi va uchrashuv maqsadi bilan tanishtirishga mas’ul bo’lib, tadbirni boshqaradi va yakunlaydi;
– Psixolog – targ’ibot tadbirlari davomida yoshlarga yakka va jamoaviy tarzda psixologik konsulьtatsiyalarni o’tkazadi;
– Huquqshunos – yoshlar tomonidan berilgan savol va muammolarga huquqiy jihatdan maslahat va tavsiyalar beradi.
– Sotsiolog – yoshlarning ijtimoiy kayfiyatini o’rganish maqsadida so’rovnomalar o’tkazadi va ularning jamiyatda o’z o’rnini topishiga doir zarur tavsiyalarni yoshlarga yetkazadi;
– Shoir-yozuvchilar – yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, adabiyotga va san’atga qiziqtirish, yosh iste’dodlarni kashf etish maqsadida targ’ibot va davra suhbatlari o’tkazadi;
– Sportchi – yoshlar sportga hamda sog’lom turmush tarziga targ’ib qiladi, ular bilan o’z tajribalarini o’rtoqlashadi;
– San’atkor – yoshlarni vatanparvarlikka chorlovchi musiqiy va sahna chiqishlari bilan xushnud etadi hamda yoshlar bilan o’z tajribasi bilan o’rtoqlashadi.
– Biznes trener – yoshlarda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha mahorat darslarini o’tkazadi hamda yoshlarni qiziqtirgan sohaga oid savollarga tavsiyalar beradi.
– Bloger – targ’ibot tadbirlarini yangilik saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi hamda internet sahifalari orqali yoshlarni targ’ibot tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlaydi.

4.1. “Yoshlar poezdi” targ’ibotchilarini shakllantirish:
— “Yoshlar poezdi”da ishtirok etuvchi targ’ibotchilar ro’yxatini shakllantirish (muddat: 2017 yil 1 avgust);
— targ’ibot guruhlari uchun o’quv-seminarlar tashkil etib, targ’ibotchilar maxsus tayyorgarlikdan o’tkaziladi hamda o’quv yakunida suhbat asosida saralanadi (muddat: 2017 yil 5 avgust);
— hududiy targ’ibot guruhlariga Davlat mukofotlari, nomdor stipendiyalar sohiblari, yosh olimlar, huquqshunos va pedagoglar, psixologlar, shifokorlar, tadbirkorlar, nufuzli tanlovlar g’oliblari, O’zbekiston yoshlar ittifoqi faollari, “Kamalak” sardorlari kiritilishi tavsiya etiladi;
— hududiy targ’ibot guruhi a’zolari Respublika targ’ibot guruhlariga biriktirilgan holda harakatlanadi;
— targ’ibot guruhlarining faoliyatini MTRKning maxsus muxbiri televidenieda, fotoreportyorlar ijtimoiy tarmoqlarda yoritadi, shuningdek www.yoshlarittifoqi.uz saytida tashkil etilgan sahifaga videohisobot (qisqa mobil reportaj) shaklida joylashtirilib boriladi.
4.2. Respublika targ’ibot guruhlari “Yoshlar poezdi” targ’ibot aksiyasi doirasida hududlardagi yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etadi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, imkoniyati cheklangan yoshlar holidan xabar oladi, ularga sport anjomlari, o’quv qurollari, kitoblar to’plami kabi esdalik sovg’alari hamda dori-darmon olish uchun sertifikatlarni taqdim etadi.
Targ’ibot aksiyasi yakunlari yuzasidan tahliliy ma’lumot tayyorlaydi va yoshlar muammolarini hal qilish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi hamda tegishli korxona-tashkilotlarga ijro uchun yo’naltiradi.
4.3 “Yoshlar poezdi” hududlarning barcha tuman (shahar)larida tashkil etiladi.

E'lon