Markaziy apparat

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘limi mudiri

Ablayarov Feruz Karimovich

Telefon:

E-mail: f.ablayarov@yi.uz

Bo’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- yoshlarning ishbilarmonlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag’batlantirish, intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishlariga ko’maklashish; 

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ma’lumotlarni tahlil qilish, mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yuzasidan tizimli takliflarni ishlab chiqish; 

- yoshlar o’rtasida tadbirkorlikni ommalashtirish, yoshlarni biznes saboqlariga o’qitish va o’rgatish, ular faoliyatini doimiy monitoring qilib borish, duch kelinayotgan muammolar va to’siqlarni bartaraf etishga ko’maklashish; 

- O’zbekiston yoshlar ittifoqi a’zosi bo’lgan yosh tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jumladan, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ishlar ko’rilayotgan paytda ular manfaatini himoya qilish; 

- barcha hududlarda tashkil etilayotgan iqtisodiy zonalarda, shaharlarda esa kichik sanoat zonalarida O’zbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi bo’lgan yosh tadbirkorlardan ijara haqi olinmaydigan tartibni joriy etish va ular faoliyatini rivojlantirishga ko’maklashish; 

- yoshlar orasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda innovatsion biznes loyihalarini qo’llab-quvvatlash; 

- yangidan faoliyat boshlayotgan yosh tadbirkorlarni joylashtirish uchun biznes tuzilmalar faoliyatini yaratish va tashkil etish hamda ularga biznes-rejalarni tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda ekspert, huquqiy va maslahat yordami ko’rsatish; 

- innovatsiya tadbirkorligini joriy etishga, “startup” loyihalar, yoshlarning, avvalo oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining o’z biznesini tashkil qilish va yuritishga, shuningdek, yoshlar bandligi va daromadlarining jadal o’sishini ta’minlashga xizmat qiladigan kichik, xususiy va oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikning turli shakllarini jadal rivojlantirishga faol ko’maklashish; 

- yosh tadbirkorlarga biznes yuritish asoslari, biznes-rejalar tuzish, tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarga o’qitishni tashkil etish bo’yicha tadbirkorlik sub’ektlari uchun o’quv kurslarini ishlab chiqish va o’tkazish; 

- biznes-forumlar, ko’rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va ularda mahalliy yosh tadbirkorlarning keng ishtirokini ta’minlash; 

- yoshlarni tadbirkorlikka o’qitish hamda faoliyatini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirkorlik infratuzilmalarini tashkil etish; 

- yosh tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish, respublika bank-moliya, soliq, bojxona va boshqa idoralar vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; 

- hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatidan kelib chiqib yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; 

- O’zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad-vazifalarini hayotga tadbiq etish, ayniqsa, barcha toifadagi yoshlar, jumladan ish bilan band bo’lmagan va uyushmagan yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, yoshlar o’rtasida ishbilarmonlik muhitini yaratish, yoshlarning o’z shaxsiy biznesini tashkil etishni rag’batlantirishga qaratilgan aniq takliflar, tadbirlar rejasi, dasturlari ishlab chiqish va bajarilishini muvofiqlashtirish; 

- yoshlar tadbirkorligiga oid statistik ma’lumotlarni olib borish va doimiy tahlil etib borish; 

- hududiy bo’limlarning mazkur sohadagi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish; 

- yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish.

Bo’lim o’ziga yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib:

- yosh tadbirkorlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlaydi, ularning faoliyatini rivojlantirishga har tomonlama ko’maklashadi, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi; 

- Ittifoqning maqsad-vazifalarini hayotga tadbiq etish yuzasidan aniq takliflar, tadbirlar rejasi, dasturlari ishlab chiqadi va bajarilishini ta’minlaydi; 

- Ittifoqning Markaziy Kengashi, Ijroiya qo’mitasi va rahbar organlar yig’ilishlarida ko’rib chiqish uchun bo’limga tegishli masalalar hujjatlari loyihalarini reglament talablari asosida tayyorlaydi, tegishli bo’limga topshiradi; 

- Ittifoqning Markaziy Kengashi, Ijroiya qo’mitasi va rahbar organlar yig’ilishlarida qabul qilingan qaror va rejalarning bo’limga tegishli qismlari ijrosini ta’minlaydi, ularning bajarilishi yuzasidan tegishli axborotlar tayyorlaydi; 

- bo’lim faoliyati bilan bog’liq ishlarni yuritadi va hujjatlar bilan ishlaydi, bo’lim faoliyat doirasiga tegishli turli yig’ilishlar, ishchi yig’ilishlar va boshqalarda ishtirok etadi; 

- yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishning ahvolini tadqiq etish bo’yicha Muvofiqlashtirish Kengashi va ekspert komissiyalari, axborot-tahlil materiallari tayyorlash bo’yicha olimlar, mutaxassislardan vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etadi; 

- doimiy ravishda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga oid izlanishlar o’tkazish, ushbu sohaga oid taklif va muammolarni o’rganib chiqib, tahliliy ma’lumotnomalar tayyorlash, shu asosda aniq chora-tadbirlarni belgilash va hayotga tadbiq etish, ularni hal etishga qaratilgan respublika va mahalliy dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; 

- bo’lim faoliyati yo’nalishlari bo’yicha Ittifoqning faoliyati, a’zolari, yosh tadbirkorlar, yosh biznes trenerlar hisobi va hisobotini olib boradi, yoshlarga oid statistik va tahliliy ma’lumotlarni to’playdi, tahlil qiladi va yangilab boradi; 

- bo’lim faoliyati yo’nalishlari bo’yicha O’zbekiston yoshlar ittifoqi va quyi tizimlar faoliyatiga oid tahliliy hisobotlarni tayyorlaydi; 

- bo’lim faoliyati yo’nalishlari bo’yicha turli idora, muassasa va tashkilotlar bilan Ittifoqning munosabatlarini yo’lga qo’yadi, o’zaro aloqalarni tashkil qiladi.

Bo’lim o’ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun quyidagi huquq va vakolatlarga ega:

- Ittifoqning quyi Kengashlaridan bo’limga tegishli turli axborotlar, ma’lumotlarni talab qilib olish; 

- bo’limga kelgan hujjat, xat, ariza, shikoyatlarni ko’rib chiqish va ijrosini ta’minlash bo’yicha chora-tadbir belgilash, xulosa, ma’lumot, axborot va boshqalar tayyorlash, tashkilot va fuqarolarga javob xati tayyorlash uchun Ittifoqning quyi Kengashlari va mas’ul xodimlariga yuborish; 

- zarur hollarda tadbirlarni tayyorlash va o’tkazish uchun Ittifoqning quyi Kengashlari, ularning mas’ul xodimlari, boshqa tashkilotlar va malakali mutaxassislarni o’rnatilgan tartib-qoidalar, shu jumladan shartnoma asosida jalb qilish.


Fеrmеrlar bilan ishlash bo’limi mudiri

Inoyatov Mahmud Bafoevich

Funksiya va vazifalari 

Yoshlar zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratadi, bandligini ta’minlaydi, yoshlarni kasbga yo’naltirishshga ko’maklashadi. 

Yoshlarni mehnat bozoridagi so’nggi yangiliklar va mavjud bo’sh ish o’rinlari bilan tanishtirib boradi. 

Yoshlar bandligini ta’minlash hamda mehnat bozoriga oid qonun hujjatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bilan birga ishsizlik masalasidagi muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.


Bandlikka koʻmaklashish va ijtimoiy himoya boʻlimi mudiri

Bekmurodov Husan Mansur o’g’li

Funksiya va vazifalari 

Yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratadi, bandligini ta’minlaydi, yoshlarni kasbga yo’naltirishshga ko’maklashadi. 

Yoshlarni mehnat bozoridagi so’nggi yangiliklar va mavjud bo’sh ish o’rinlari bilan tanishtirib boradi. 

Yoshlar bandligini ta’minlash hamda mehnat bozoriga oid qonun hujjatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bilan birga ishsizlik masalasidagi muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.


Davlat mukofotlariga nomzodlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

Mamadaliev Baxtiyor Yo’ldosh o’g’li

Funksiya va vazifalari 

Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish ko’lamlarini yanada kengaytirish va kuchaytirish, jamiyatda hamjihatlik, ezgulik va mehr-shafqat muhitini qaror toptirish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi. 

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar hayot tarzini yaxshilashga ko’maklashish, ularga jamiyatda o’z o’rnini topishlariga imkoniyatlar yaratish va o’zining hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalarga ko’maklashadi.

O’sib kelayotgan avlodning shaxsiy ko’nikmalarini rivojlantirish, yoshlarda o’ziga ishonch hissini orttirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy qo’llab-quvvatlash, salbiy oqimlarga kirib qolgan yoshlarni sog’lom muhitga qaytarishga ko’maklashish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “IMKONIYATI CHEKLANGAN YoSHLAR VA BOLALAR MARKAZI” hamda “YOSHLARGA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK YORDAM KO’RSATISH MARKAZI” faoliyati yo’lga qo’yildi.


Xalqaro aloqalar va yoshlar turizmini rivojlantirish boʻlimi mudiri

Gorbunova Yekaterina Sergeyevna

Telefon : +99895 170 90 24

E-mail : k.gorbunova@yi.uz

Funksiya va vazifalari 

Xalqaro va xorijiy yoshlar tashkilotlari bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yadi. Ilm-fan, adabiyot, musiqa, sport, kinematografiya sohalarida xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirib boradi. 

O’zbekiston yosh ijodkorlarining gastrollari va ko’rgazmalarini tashkil etadi, xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan, istiqomat va mehnat qilayotgan yoshlarimizni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi. 

O’zbekiston bilan xorijiy davlatlar o’rtasidagi yoshlar sayyohligini rivojlantirishga ko’maklashadi.


Markaziy Kengash matbuot xizmati bo‘limi mudiri

Abduqodirov Nodir Abdukayumovich

Funksiya va vazifalari 

O’zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalarini, mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni televidenie, radio, matbuot va internetda yoritadi, ommaviy axborot vositalari bilan tizimli aloqalar o’rnatadi.

Matbuot anjumanlarini tashkil etib boradi.

Televidenie, radio va matbuot, internet sahifalarida O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini targ’ib qilishga qaratilgan sahifa va ruknlarni yuritadi, yirik informatsion va targ’ibot maqolalarini tayyorlaydi.


Axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish boʻlimi mudiri

Nosirov Xurshed Abdiraimovich

Telefon: +99871 241 13 10

E-mail:  akt@yi.uz 

Funksiya va vazifalari 

- Ittifoq tizimlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish;
- Ittifoq tizimlarida foydalanilayotgan texnik vositalar, ta’minot va aloqa vositalari holatini tahlil qilish, tizimlarning bu sohadagi ehtiyojlarini aniqlash va taklif kiritish;
- kompyuter va ofis texnikalaridagi nosozliklarni bartaraf etish ishlarini nazorat qilish;
- yangi va qo‘shimcha texnik vositalarni sotib olish bo‘yicha taklif tayyorlash;
- amaliyotga tatbiq etilgan dasturlar va vositalarning nazoratini amalga oshirish;
- Ittifoq tizimlarida foydalanilayotgan dasturlar kartotekasi va katalogini yaratish;
- Ittifoq tizimlarida ishlayotgan xodimlarning AKT bo‘yicha bilimlarini baholash va uning natijasi asosida o‘quvlar tashkil etish;
- Ittifoqning internetdagi veb-sayti faoliyatini nazorat qilish;
- yoshlarda internet va boshqa media-mahsulotlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish, ularni turli axborot xurujlaridan himoya qilish tizimini takomillashtirish, mavjud qonunchilikka zarur o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha vakolatli davlat organlariga takliflar kiritib borish va davlat dasturlari ishlab chiqilishida ishtirok etish;
- Ittifoq tizimlariga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish;
- Ittifoq tizimida axborot xavfsizligi siyosatini nazorat qilish;
- Ittifoq tomonidan ko‘rsatilayotgan tarmoq (davlat) xizmatlari, loyiha va tanlovlarni interaktiv holatga o‘tkazish ishlarini olib borish;
- Markaziy va hududiy Kengashlar o‘rtasida yagona internet tizimini yo‘lga qo‘yish va nazorat qilish.


Ijro nazorati sektori mudiri

Abbosxonova Nilufarxon Abbosxon qizi

Telefon:

E-mail: n.abbosxonova@yi.uz

Funksiya va vazifalari 

Mamlakatda yoshlar turizmini rivojlantirishning yaxlit kontseptsiyasini shakllantiradi va amalga oshirilishini ta’minlaydi. Yoshlar turizmining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlarini olib boradi.

Yoshlar orasida O’zbekistonnning tarixiy-madaniy merosini keng targ’ib qilish orqali ularda yurtsevarlik tuyg’usini oshiradi va o’tmish tarix durdonalari bilan tanishtiradi. Milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishini ta’minlaydi.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va chet el fuqarolari uchun turizm xizmatlarini ko’rsatish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “YOSHLAR TURIZMI AGЕNTLIGI” sho’’ba korxonasi faoliyati yo’lga qo’yildi.


Ijtimoiy-huquqiy masalalar va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi mudiri

Alimov Akmalbek Abdumajidovich

Telefon:

E-mail: a.alimov@yi.uz

Funksiya va vazifalari

O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, hamda siyosiy islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga chuqur singdirish, mamlakatni yanada demokratlashtirish va yangilash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlariga yosh avlodning keng jalb etilishini ta’minlashga doir ishlarni amalga oshiradi.

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar va loyihalarni amalga oshiradi, yoshlarga oid qabul qilinayotgan qonun va qonun osti hujjatlari yoshlar o’rtasida muhokamalarini tashkil etib boradi hamda mavjud qonunlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.


Ma’naviy-ma’rifiy va millatlararo totuvlik masalalari bo‘limi mudiri

Kim Denis Vitalyevich

Telefon:

E-mail: k.denis@yi.uz

Funksiya va vazifalari 

Yosh avlodni istiqlol g’oyalariga cheksiz sadoqat, ona Vatanga muhabbat, mamlakatimiz milliy manfaatlarini fidokorona va mardonavor himoya qilish ruhida tarbiyalashga yo’naltirilgan tashkiliy, targ’ibot-tashviqot, ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Yoshlarni ma’naviy barkamol bo’lib voyaga yetishlari hamda ularni turli axborot xurujlari va ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlaridan himoya qilish tizimini takomillashtirish, mavjud qonunchilikka zarur o’zgartirishlar kiritish bo’yicha vakolatli davlat organlarga takliflar kiritib boradi. 

Mamlakatimizning turli hududlarida ijod qilayotgan, biroq iqtidorini namoyon eta olmayotgan yosh iste’dod egalarini izlab topish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “YOSH IJODKORLAR ASSOTSIATSIYASI” hamda yoshlarning kinematografiya sohasidagi ijodiy faoliyatini birgalikda amalga oshirishlariga ko’maklashish, kino orqali yosh avlod vakillarini vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “YOSH KINOIJODKORLAR UYUSHMASI” faoliyati yo’lga qo’yildi.


Vakant

Yosh oilalar bilan ishlash boʻlimi mudiri

Vakant

Telefon:

E-mail: 

Funksiya va vazifalari 

Mamlakatimizdagi ayollar, yosh onalar va qizlarning huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qiladi, ularning dardi va mummolarini o’rganib, mustaqil hayotda o’z o’rinlarini topishi, iste’dodlarini yuzaga chiqarishiga amaliy ko’mak beradi. 

Yoshlar o’rtasida erta nikohning salbiy oqibatlarining oldini olish, sog’lom oila muhitini shakllantirish yuzasidan davlat va jamoatchilik tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yadi. 

Ayollar sportini rivojlantirish hamda sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga qaratilgan tadbirlar tashkil etadi.


Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri

Kucharov Bahodir Abdusattorovich

Telefon:

E-mail: b.kucharov@yi.uz

- Ittifoq Markaziy Kengashi apparati, quyi tizimlari va boshlangʻich tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrnatish;

- Ittifoqning oʻquv muassasalari, mehnat jamoalari va xizmat joylaridagi boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini boshlangʻich tashkilotlar Nizomlari asosida tashkil etilishini nazorat qilish va ularni metodik taʼminlash;

- Ittifoqning boshlangʻich tashkilotlarini tadbirkorlik subyektlari va fermer hoʻjaliklarida tashkil etib borilishini taʼminlash;

- boshlangʻich tashkilotlar hamda ulardagi aʼzolarning hisobi va hisobotini olib borish;

- boshlangʻich tashkilotlar faoliyat samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan uslubiy qoʻllanmalar, tavsiyalar ishlab chiqilishi va yetkazilishini tashkil etish;

- boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish maqsadida boshlangʻich tashkilotlarning yetakchilari uchun turli oʻquvlar, forumlar va tanlovlarni tashkil etish;

- barcha boshlangʻich tashkilotlar yetakchilariga oid maʼlumotlar bazasini yuritish va yangilab borish;

- vazirlik, idora va tashkilotlarning respublika boshqaruvi organlarida tuzilgan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Yetakchilar kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

- yangi boshlangʻich tashkiloti tuzish yoki boshlangʻich tashkilotni tugatish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning Ustav talablariga mosligi ustidan nazorat olib borish.


“Kamalak” bolalar tashkiloti boʻlimi mudiri“Kamalak” bolalar tashkiloti boʻlimi mudiri

Rahimova Durdona Shukurullayevna

Funksiya va vazifalari

Yoshlarning turli toifalari, shu jumladan, bolalarning qiziqishlari va o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ta’lim muassasalari va mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi.

Bolalar va o’smirlar uchun badiiy asarlar yaratish, ko’rik-tanlovlarni tashkil etish va ularni intilishlarini rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Yoz paytida bolalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, yozgi bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari va sihatgohlari faoliyatini samarali tashkil etilishiga ko’maklashadi.


Sport va salomatlik boʻlimi mudiri

Radjabov Umed Farmonqulovich

Telefon:

E-mail: u.radjabov@yi.uz

Funksiya va vazifalari

Ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o’quvchilar va talabalar, korxona va tashkilotlar, yosh xodimlar o’rtasida sport musobaqalarini tashkil etadi hamda ularning faol ishtirokini ta’minlaydi.

Ommaviy va milliy sport o’yinlari, xalq o’yinlarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

“Ekologik muammolarni bartaraf etishda yoshlarning o’rni” mavzusida konferentsiyalar tashkil etish orqali yoshlarning ekologik madaniyatini shakllantirib, ushbu yo’nalishda ularning faolligini oshirib boradi.

Yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi qoidalarini targ’ib qilishga qaratilgan targ’ibot materiallarini ishlab chiqadi hamda tarqatadi. Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilgan Yoshlar markazlarida yoshlarni, ayniqsa uyushmagan yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlar va bolalar sportini rivojlantirish maqsadida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib turli yo’nalishlardagi sport to’garaklarini tashkil etadi.


Tashkiliy-kadrlar bo’limi mudiri

Hamroev Bobur Hoshimovich

- Ittifoqning rahbar, ijroiya organlari va Markaziy Kengash apparati ish faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlaydi;

- Ittifoqning kadrlar siyosatini muvofiqlashtiradi;

- Ittifoq tizimlari uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etadi;

- Ittifoq tizimlarida zaxira kadrlar bazasini shakllantiradi;

- tashkiliy nazorat, Qurultoy, Markaziy Kengash va Markaziy Kengash Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishlari ishini bayonlashtirish, nomenklatura, reglament boʻyicha Markaziy Kengash ishini tashkil etadi;

- Ittifoqning tashkiliy hujjatlar tizimini shakllantiradi va tuzilmalar tomonidan ushbu hujjatlar qoidalarining bajarilishini taʼminlaydi.


Axborot-tahlil bo’limi mudiri

Dadaxonov Doniyorbek Qahhorjonovich

- Ittifoq Markaziy Kengashi va quyi tizimlari bilan apparatning munosabatlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirish;

- Ittifoq tizimlari, yoshlarga oid axborotlar, statistik maʼlumotlar va boshqa hujjatlarni tahlil etish, umumlashtirish;

- metodik faoliyat, umumiy tahlil masalalarini muvofiqlashtirish;

- Ittifoq faoliyatining monitoringi, ish reja, davlat dasturlari bajarilishining tahlili, statistik tahlil, hududiy Kengashlar faoliyatiga oid hisobotlarni qabul qilish, tahlil etish va umumlashtirish;

- Ittifoq tizimlari uchun metodologik qoʻllanmalar ishlab chiqish, yoshlar muammolariga oid ilmiy-uslubiy faoliyatni, sotsiologik tadqiqotlar ishini muvofiqlashtirish, ilmiy-amaliy va nazariy anjumanlar tashkil etish;

- Ittifoq faoliyati, boshlangʻich tashkilotlar, aʼzolar va umuman yoshlarga oid statistik tahliliy maʼlumotlar toʻplash va yangilab borish.


Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi mudiri

Normatov Furqat Pirmatovich

- Ittifoqning Markaziy va hududiy Kengashlariga kelib tushayotgan jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, ijroga yoʻnaltirish va nazoratini taʼminlash;

- Ittifoqning 1093 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga kelib tushayotgan taklif va murojaatlarni umumlashtirish, masʼul ijrochilarga yetkazish hamda ijrosini nazorat qilish;

- “Yoshlar uyi”ga oid hujjatlar (ariza, guvohnoma, maʼlumotnoma, pasport nusxa, tavsiyanoma va boshqalar)ni tegishli tartibda qabul qilish;

- Ittifoq Markaziy Kengashi apparatida fuqarolar qabullarini tashkil etish.


Vakant

Devonxona mudiri

Vakant

Тelefon: +99871 241 34 75  +99871 241 08 50

E-mail: 

- Markaziy Kengash apparatida ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish;

- Markaziy Kengash rahbariyati farmoyishlarini roʻyxatga olish va ijrochilarga yetkazish;

- Markaziy Kengash raisi va uning oʻrinbosarlari tomonidan imzolangan xat va boshqa hujjatlarni roʻyxatga olish hamda manzilga yetkazishni tashkil etish;

- Markaziy Kengashga kelgan hujjatlar, xabarnomalar va pochtani qabul qilish, tegishli tartibda rasmiylashtirish, Markaziy Kengash raisi koʻrsatmasiga muvofiq ijrochi boʻlim yoki masʼul xodimga topshirish;

- apparatning ishchi yigʻilishlari ishtirokchilarini rahbariyat topshirigʻiga asosan xabardor qilish va masʼul shaxslarga nusxasini tarqatish;

- arxiv va joriy arxiv bilan ishlashni tashkil etish;

- devonxonaga oid muhr, shtamplarning toʻgʻri yuritilishini tashkil etish va saqlanishini taʼminlash;

- xizmatda foydalaniladigan hujjatlar bilan ishlashda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish.


Moliyaviy xarajatlarni monitoring qilish guruhi rahbari

Abruyev Ulugʻbek Olimxanovich

Telefon: +99895 170 90 33

E-mail: 

- Ittifoq tizimlari va uning muassisligidagi tashkilotlarda buxgalteriya va moliya yoʻnalishi boʻyicha faoliyatidagi yagona markazlashtirilgan dasturni yuritish;

- yagona markazlashtirilgan dastur faoliyati doirasida monitoring ishlarini amalga oshirish;

- Ittifoq tuzilmalarining tasdiqlangan byudjeti doirasida mablagʻlardan samarali va maqsadli foydalanishini monitoring qilish;

- yagona markazlashtirilgan dastur faoliyati boʻyicha hamda Ittifoq tuzilmalarining tasdiqlangan byudjeti doirasida mablagʻlardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan uquvlar tashkil etib borish;

- Ittifoq kollegial organlarning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatiga oid qabul qilingan qaror hamda farmoyishlarning ijrosi monitoringini yuritish;


Yuridik xizmat bo’limi mudiri

Ilhomjonov Bahrom Mahkamjonovich

- Ittifoq Markaziy Kengashining huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;

- Ittifoq Markaziy Kengashi tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

- Ittifoq Markaziy Kengashining norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tarkibiy tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

- Ittifoq Markaziy Kengashi xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

- shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, Ittifoq Markaziy Kengashining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash;

- Ittifoq Markaziy Kengashi va tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

- Ittifoq Markaziy Kengashining rahbariyati, farmoyishlarini, tuziladigan shartnomalar va yuridik xususiyatga ega boʻlgan boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish;

- Ittifoq Markaziy Kengashida, shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

- Ittifoq Markaziy Kengashida mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etish;

- Ittifoq Markaziy Kengashi xodimlarining kasaba uyushmasi va boshqa vakillik organi vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam koʻrsatish;

- Ittifoq Markaziy Kengashi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;

- Ittifoq Markaziy Kengashining normativ-huquqiy hujjatlar fondini toʻldirish, shu jumladan kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini koʻrish;

- Ittifoq Markaziy Kengashi, shuningdek uning tuzilmalari xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ushbu tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etish;

- Ittifoq Markaziy Kengashi, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini koʻrish;

- Ittifoq Markaziy Kengashining manfaatlarini himoya qilish boʻyicha talabnomalar tayyorlashda va Ittifoq Markaziy Kengashiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish, Ittifoq Markaziy Kengashida talabnomalar bildirish va ularni koʻrib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish;

- shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan daʼvo ishlarini olib borish;

- Ittifoq Markaziy Kengashining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud yigʻilishlarida ishtirok etish;

- boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda Ittifoq Markaziy Kengashida mulkning talon-taroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish harajatlarining kelib chiqish sabablari va sharoitlarini tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish, mulkning talon-taroj qilinishi va kamomad holatlari boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtirish;

- moddiy boyliklar va pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiisteʼmollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari boʻyicha huquqiy xulosa berish;

- yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashda zarur yordam koʻrsatish, imtiyoz va preferensiyalar berishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqishda tashabbus koʻrsatish va ularni amalga oshirishda faol ishtirok etish.