Tez beriladigan savollar

Siz o‘z mutaxassislingiz bo‘yicha ishga joylashish uchun hududdagi Bandlikka ko‘maklashish markaziga murojaat qilish huquqingiz mavjudligi tushuntiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli farmoniga asoslanib, Yoshlarni kichik biznes va hususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, imtiyozli mikrokreditlar bilan ta’minlash, faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, davlat tomonidan sohaga oid yaratilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida xabardor etish, yoshlarni istiqbolli biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolangan.
Kelgusida Siz, biznes reja hamda tegishli hujjatlarni tayyorlab, bevosita o‘zingiz yashaydigan aholi punktida joylashgan tijorat banklari muassasalariga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga tez va qulay tarizda a’zo bo‘lish uchun siz reg.yi.uz saytidan elektron so‘rovnomani to‘ldirish orqali a’zo bo‘lishingiz mumkinHamda o‘ziningiz istiqomat qilayotgan yaqin hududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari, akademik litsey hamda Oliy ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchisiga, shahsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomasi yoki pasport) nus'hasi hamda 2 dona 3x4 hajmdagi fotosurat taqdim etgan holda a’zolik guvohnomasi olish mumkinligi tushintiriladi.

2017 yilning 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida imzolangan memorandumiga ko‘ra Jinoyat kodeksining 44, 46, 471-moddalari bilan almashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori asosida qonunda belgilangan tartibda “Yoshlar uylari”ga xujjat topshirishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Przidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 sonli farmoni va 2017 yil 1n iyuldagi PQ 3138- sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oli yta’lim muassalarida to‘lov-kontrak aosida taxsil olayotgan, o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faol a’zosi bo‘lgan talabalarni yillik to‘lov-kontrakt miqdorining 35 foizini to‘lab berish belgilangan.

Stipendiya talabalarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va huquqiy savodxonligi hamda ijtimoiy faolligiga qarab beriladigan rag‘batlantiruvchi mukofot bo‘lib, mazkur stipendiya yilning o‘n oyi davomida to‘lab boriladi. Uning miqdori eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida belgilandi.
"Yoshlar ittifoqi” stipendiyasini olish uchun oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalar o‘z hujjatlarini taqdim etishlari mumkin. Nomzodlar hujjatlarni 2-kursdan boshlab topshirishlari mumkin bo‘lib, hujjatlar o‘tgan o‘quv yilida yaxshi va a’lo baholarga o‘zlashtirgan taqdirda qabul qilinadi. “Yoshlar ittifoqi” stipendiyasiga tanlov uch bosqichda tashkil etiladi. Saralash bosqichlaridan uchinchi bosqichga yo‘llanma olgan ishtirokchilarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligi hamda loyiha taqdimoti baholanadi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning faolligini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash turli xil aqidaparastlik va zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish maqsadida Respublika yosh targ‘ibotchilar markazi tashkil etildi. Ushbu markaz a’zosi bo‘lishi uchun Ittifoqning Markaziy, hududiy yoki tuman, shahar Kengashlariga murojaat qilsangiz kifoya.

Respublikada istiqomat qilayotgan millati va tilidan qat’iy nazar 10 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar va yoshlar tanlovda ishtirok etish huquqiga ega. Ittifoqning tuman, shahar va hududiy Kengashlariga murojaat qilishingiz mumkin.

- O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tumani Kengashi hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman Kengashi bilan birgalikda yoshlarga fermer, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasiga tavsiyanoma berish;
- O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faol a’zosi bo‘lib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashlari hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bo‘lgan yoshlar, yer egaligi uchun bo‘ladigan tenderda ballar teng kelib qolgan har qanday vaziyatda ustunlikka ega bo‘lish;
- yosh fermerlarning ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga aylantirishda yo‘nalishidan kelib chiqib (issiqxona, naslli chorvachilik, intensiv bog‘ va h.k) imtiyozli kreditlar ajratilishida ko‘maklashish imkoniyatlari mavjud.

Бугунги кунда Ўзбекистон ёшлар иттифоқи муассислигида Ўзбекистон ёш фермерлари Кенгаши ташкил этилган бўлиб, улар:

- Ўзбекистон ёшлар иттифоқи аъзоси бўлган ёш фермерларнинг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилади, жумладан, давлат ва хўжалик бошқаруви органлари, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари билан, тайёрлов, таъминот ва хизмат кўрсатиш ташкилотлари билан муносабатларда, шунингдек судларда ишлар кўрилаётган пайтда уларнинг манфаатларини қонуний ҳимоя қилади;

- ёшлар фермер хўжаликларини ташкил қилиш ва қайта ташкил этишда, уларга ер майдонларини узоқ муддатли ижарага ажратиб беришда ошкоралик, очиқлик ва қонуний тамойилларини таъминлаш мақсадида жамоатчилик назорати орқали амалий ёрдамлар кўрсатади;

- ёш фермерларга ҳуқуқий, иқтисодий, молиявий, агротехник ҳамда бошқа масалалар бўйича бепул консалтинг хизматлар кўрсатади.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi yoshlar bandligiga koʻmaklashish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda ishlarni amalga oshirmoqda:

Birinchidan, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, yosh tadbirkorlar klasterlarini tashkil etish, yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash orqali ularning bandligini taʼminlash;

Ikkinchidan, yoshlarning fermerlik tashabbuslarini ommalashtirish, ularni qoʻllab quvvatlash orqali boʻsh ish oʻrinlarini tashkil etish;

Uchinchidan, yoshlar uchun Respublikamizdagi korxona va tashkilotlardagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarini tanishtirish, mehnat yarmarkalarini tashkil etish;

Toʻrtinchidan, yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularni yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan toʻgaraklarda qayta tayyorlash.