Rahbariyat

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Quranbayev Qahramon Qo‘chqorovich

Telefon: +99871 150-22-52

Qabul kunlari: Juma,  soat 16:00 dan 18:00 gacha

E-mail: ceo@yi.uz

Quranbayev Qahramon Qo‘chqorovich 1970 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 1992 yilda Toshkent davlat universitetini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishiakademiyasini tamomlagan. Siyosatshunoslik fanlari doktori, dotsent.

1997-2008 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2009-2012 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori, 2012-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, 2013-2015 yillarda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari, 2015-2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida sho‘ba mudiri, 2017 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi o‘rinbosari vazifalarida samarali faoliyat olib borgan.

2017 yil 30 iyundan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Markaziy Kengash raisining vazifalari hamda vakolati doirasiga quyidagilar kiradi:
– Ittifoq Ustavi va Dasturi doirasidagi umumiy faoliyatni muvofiqlashtiradi;
– Ittifoq va Markaziy Kengash nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy tashkilotlar oldida Ittifoq manfaatlarini ifodalaydi;
– Markaziy Kengash, uning Ijroiya qo‘mitasi, Markaziy Kengash raisi o‘rinbosarlari va apparatining faoliyatiga rahbarlik qiladi, apparat xodimlarini ishga qabul qiladi va egallab turgan lavozimidan ozod qiladi;
– shartnomalar tuzadi, shu jumladan, mehnat shartnomalarini tuzadi, ishonchnomalarni beradi, banklarda hisob raqamlari va boshqa hisoblarni ochadi, bank, moliya va boshqa hujjatlarga birinchi imzo huquqidan foydalanadi, barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lgan farmoyish beruvchi hujjatlarni chiqaradi;
– Ittifoq faoliyati doirasidagi Markaziy Kengash va uning Ijroiya qo‘mitasining vakolatiga kirmaydigan boshqa masalalarni hal qiladi.


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari – “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijrochi direktori

Bahrombekov Bunyodbek Bahrom oʻgʻli

Telefon: +99871 241-20-27

Qabul kunlari:  Juma, soat 16:00 dan 18:00 gacha

E-mail: b.bahrombekov@yi.uz

Bahrombekov Bunyodbek Bahromovich 1986 yilda tug’ilgan, millati o’zbek. Ma’lumoti oliy, 2009 yilda O’zbekiston Milliy Universitetini tamomlagan.

2014-yildan Toshkent shahar prokuraturasida, 2015-yildan esa Bosh prokuraturada turli lavozimlarda

2018-yildan boshlab Bosh prokuratura Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida

2018 yil 7 iyuldan buyon O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi birinchi o’rinbosari, «Yoshlar-kelajagimiz» jamg’armasi ijrochi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Jamg’arma ijrochi direktorining vazifalari hamda vakolati doirasiga quyidagilar kiradi:
– Jamg’arma Ustavi va Nizomi doirasidagi umumiy faoliyatni muvofiqlashtiradi;
– Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq Jamgʻarma faoliyatini tashkil etadi hamda uning samarali va natijadorligi uchun shaxsan javob beradi;
– Jamgʻarma daromad va xarajatlarining har yilgi prognozlarini shakllantiradi hamda Kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi;
– Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalarini kengaytirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Kuzatuv kengashiga kiritadi;
– Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi uchun zarur qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish boʻyicha choralar koʻradi;
– Jamgʻarma daromad va xarajatlarini hisobga olish hamda ularning ijrosi toʻgʻrisida hisobdorlikni taʼminlaydi va tasdiqlash uchun Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
– Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish monitoringini tizimli ravishda tashkil qiladi;
– Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlarini Kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan parametrlar doirasida tijorat banklarining depozitlariga hamda boshqa moliyaviy aktivlarga joylashtiradi;
– xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Jamgʻarma manfaatlarini ifodalaydi;
– Jamgʻarma nomidan mehnat, xoʻjalik va boshqa shartnomalar, shu jumladan, kafilliklar taqdim etish hamda depozitlarni tijorat banklarida joylashtirish toʻgʻrisidagi shartnomalarni imzolaydi.
– Ijrochi direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni ijtimoiy himoyalash va bandlikka ko‘maklashish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

Vakant

Telefon: 

Qabul kunlari: 

E-mail: 

Markaziy Kengash raisining tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni ijtimoiy himoyalash va bandlikka ko’maklashish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari xizmat vazifalari va vakolatlariga quyidagilar kiradi: 

- yosh tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, fermerlar bilan ishlash, bandlikka ko’maklashish, ish o’rinlari yaratish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni aniqlash va qo’llab-quvvatlash masalalariga umumiy rahbarlik qiladi. 

Tashkiliy tuzilma bo’yicha quyidagi bo’limlarga mas’ul: 

- Tadbirkorlikni rivojlantirish bo’limi; 

- Fermerlar bilan ishlash bo’limi; 

- Bandlikka ko’maklashish bo’limi; 

- Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish bo’limi.


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari

Kattaxanova Dilnozaxon Sobir qizi

Telefon: +99871 150-22-52

Qabul kunlari: Payshanba,  soat 11:00 dan 13:00 gacha

E-mail: d.kattakhanova@yi.uz

Kattaxanova Dilnozaxon Sobir qizi 1991-yil Toshkent shahrida tug'ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy. 2014-yil O'zbekiston milliy universitetini tamomlagan.

2010-2014 yy. - O‘zbekiston milliy universiteti talabasi

2014-2016 yy. - O‘zbekiston milliy universiteti magistranti

2014-2015 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi apparati ijtimoiy-huquqiy loyihalar bo‘limi yetakchi mutahassisi (0,5 stavka)

2015-2016 yy. - Bola parvarishlash ta’tilida

2016-2016 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi qoshidagi Yoshlar media markazi tarjimon-muharriri (0,5 stavka, o‘rindoshlik asosida)

2016-2017 yy. - O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi

2016-2017 yy. - O‘zbekiston milliy universiteti xorijiy filologiya fakulteti qiyosiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi

2017-2018 yy. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-huquqiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari

2018 y. - h.v. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy masalalar, sport va yosh oilalar bilan ishlash kompleksi rahbari

Markaziy Kengash raisining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari xizmat vazifalari va vakolatlariga quyidagilar kiradi:

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ushbu sohadagi loyihalar, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari targ’ibotlari, yosh onalar va qizlar bilan ishlash va fan-ta’limni rivojlantirish masalalariga umumiy rahbarlik qiladi.

Tashkiliy tuzilma bo’yicha quyidagi bo’limlarga mas’ul: 

- Ma’naviy-ma’rifiy bo’lim; 

- Ijtimoiy-huquqiy bo’lim; 

- Yosh onalar va qizlar bilan ishlash bo’limi; 

- Fan-ta’limni rivojlantirish bo’limi.  


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining xalqaro aloqalar, jamoatchilik bilan ishlash, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Vakant

Telefon: 

Qabul kunlari:

E-mail: 

Markaziy Kengash raisining xalqaro aloqalar, jamoatchilik bilan ishlash, AKTlarni joriy qilish va turizmni rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari xizmat vazifalari va vakolatlariga quyidagilar kiradi:

- Ittifoq va xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan aloqalarni o’rnatish, jamoatchilik bilan aloqalarni amalga oshirish, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, internet loyihalari, media ta’limni rivojlantirish, tizimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va yoshlar turizmini rivojlantirish masalalariga umumiy rahbarlik qiladi.

Tashkiliy tuzilma bo’yicha quyidagi bo’limlarga mas’ul:

- Xalqaro aloqalar bo’limi;

- Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi;

- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo’limi;

- Yoshlar turizmini rivojlantirish bo’limi.


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi

Vakant

Telefon: 

Qabul kunlari: 

E-mail: 

Markaziy Kengash raisining ta’lim muassasalari bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi xizmat vazifalari va vakolatlariga quyidagilar kiradi:

- ta’lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash, boshlang’ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyati, 10 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan yoshlarni birlashtirish, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi, yoshlarni sportga jalb etish va uni ommalashtirish masalalariga umumiy rahbarlik qiladi.

Tashkiliy tuzilma bo’yicha quyidagi bo’limlarga mas’ul: 

- Ta’lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash bo’limi;

- Boshlang’ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi;

- “Kamalak” bolalar tashkiloti;

- Sport, sog’lomlashtirish bo’limi;


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining tashkiliy-kadrlar masalalari o‘rinbosari

Shukurov O'tkir Ilxamovich

Telefon: +99871 241-08-94

Qabul kunlari: Seshanba,  soat 11:00 dan 13:00 gacha

E-mail: u.shukurov@yi.uz

Shukurov O'tkir Ilxamovich 1983-yil Andijon viloyatining Andijon tumanida tug'ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy. 2011 yil Andijon davlat tillari pedagogika institutini tamomlagan.

2000-2004 yy. - Andijon davlat tillar pedagogika instituti talabasi

2004-2006 yy. - Andijon shahridagi 47-maktab o‘qituvchisi

2006-2007 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati Kengashi referenti, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari, korxona, tashkilot va muassasalardagi yoshlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi

2007-2008 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati Kengashi sport va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari, korxona, tashkilot va muassasalardagi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

2008-2009 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati Kengashi tashkiliy, kadrlar va axborot-tahlil bo‘limi mudiri

2009-2010 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari

2010-2011 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati Kengashi raisi vazifasini bajaruvchisi

2011-2011 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati Kengashi raisi

2011-2012 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi

2012-2013 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati Kengashi raisi

2013-2017 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari

2017-2018 yy. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

2018 y.-h.v. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari, tashkiliy-kadrlar va mukofotlash kompleksi rahbari

Markaziy Kengash raisining tashkiliy-kadrlar masalalari bo’yicha o’rinbosari xizmat vazifalari va vakolatlariga quyidagilar kiradi:

- Ittifoq tizimlarida kadrlar siyosatini muvofiqlashtirish, xodimlarning o’quv va malakasini oshirish, Davlat mukofotiga va “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoniga tavsiya etilayotgan nomzodlarni o’rganish, tashkiliy hujjatlar tizimini shakllantirish, yoshlarga oid axborotlar, statistik ma’lumotlar, Ittifoq faoliyatining monitoringi, ish reja, davlat dasturlari bajarilishi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, tizimdagi ijro intizomi, hujjatlar bilan ishlash va arxiv hujjatlarini saqlanishi bilan bog’liq masalalariga umumiy rahbarlik qiladi.

Tashkiliy tuzilma bo’yicha quyidagi bo’limlarga mas’ul:

- Tashkiliy-kadrlar bo’limi;

- Axborot-tahlil bo’limi;

- Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo’limi;

- Devonxona va arxivarius.


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Maksudov Suxrobjon Mamirovich

Telefon: +99871 241-19-49

Qabul kunlari: Dushanba,  soat 14:00 dan 16:00 gacha

E-mail: s.maksudov@yi.uz

Maksudov Suxrobjon Mamirovich 1975-yil Toshkent shahrida tug'ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy. 1997-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

1992-1997 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

1995-1997 yy. - O‘zbekiston Republikasi Moliya vazirligi qimmatli qog‘ozlar va moliya bozori boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi (0,5 stavka)

1997-2000 yy. - O‘zbekiston Republikasi Moliya vazirligi yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim mudiri o‘rinbosari, bo‘lim mudiri, qimmatli qog‘ozlar va moliya bozori boshqarma boshlig‘i

2000-2003 yy. - O‘zbekiston Republikasi Moliya vazirligi ijtimoiy sohani moliyalashtirish bosh boshqarmasi sog‘liqni saqlash va sportni moliyalashtirish bo‘limi mudiri o‘rinbosari

2003-2004 yy. - Sog‘liqni saqlash vazirligini Butunjahon banki loyihalarini amalga oshirish byurosi moliyaviy menejeri

2005-2005 yy. - Sog‘liqni saqlash vazirliginining Butunjahon banki va Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish byurosi moliyaviy menejeri-bosh hisobchisi

2005-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi hisob palatasi inspektori

2017-2018 yy. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

2018 y.-h.v. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari, moliya-iqtisod kompleksi rahbari

Markaziy Kengash raisining Moliya-iqtisod masalalari bo’yicha o’rinbosari xizmat vazifalari va vakolatlariga quyidagilar kiradi:

- Ittifoqning moliya-iqtisod faoliyatini yo’lga qo’yish, muvofiqlashtirish, moliyaviy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbol rejalarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, Markaziy Kengash byudjetini moliyalashtirishning qo’shimcha imkoniyatlarini izlab topish, Ittifoq Ustavida belgilangan moliyaviy manbalardan mablag’larni jalb qilish ishlariga umumiy rahbarlik qiladi.

Tashkiliy tuzilma bo’yicha quyidagi bo’limlarga mas’ul:

- Moliya-iqtisod bo’limi;

- Buxgalteriya.


O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijro apparati rahbari

Akrаmov Muzaffar Mahkamovich

Telefon: +99871 241-74-16

Qabul kunlari: Dushanba, soat 14:00 dan 16:00 gacha

E-mail: m.akramov@yi.uz

2001-2005 yy. - Toshkent davlat san’at instituti talabasi

2005-2006 yy. - O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Metodika va axborot markazi birinchi darajali mutaxassisi

2006-2007 yy. - O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar, kutubxonalar va muzey ishlari boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshlig’i o’rinbosari

2007-2009 yy. - O’zbekiston davlat san’at instituti magistranti

2008-2009 yy. - Estrada san’atini rivojlantirish jamg’armasi yetakchi mutaxassisi

2009-2012 yy. - “O’zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktor yordamchisi, Kontsert-tomosha faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig’i

2012-2014 yy. - “O’zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktori o’rinbosari vazifasini bajaruvchisi

2014-2015 yy. - “Royal Cinema” MCHJ direktori o’rinbosari

2015-2017 yy. - “O’zbekkino” Milliy agentligining Tizim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, sohani metodik ta’minlash va tashkiliy tadbirlar bo’limi boshlig’i

2017-2018 yy. - O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi yordamchisi

2018 y.  -  h.v. - O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijro apparati rahbari

- Markaziy Kengash, hududiy Kengashlar va Ittifoq muassisligidagi tashkilotlarda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qiladi;

- Markaziy Kengash, hududiy Kengashlar va Ittifoq muassisligidagi tashkilotlarda ijro intizomining holati bo’yicha hisobotlar tayyorlaydi;

- Markaziy Kengash yig’ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi va ijrosi bo’yicha tegishli axborotlar tayyorlaydi;

- topshiriqlarni o’z vaqtida bajarilishi yuzasidan respublika va hududlarda ishlarning ahvolini kompleks o’rganadi, Ittifoqning kollegial organlari yig’ilishlarida ularning yakunlarini ko’rib chiqadi;

- respublika, hududiy, mahalliy miqyosda yoshlarga oid eng muhim va ustuvor masalalari, shuningdek uzoq davrga mo’ljallangan hujjatlar bo’yicha nazorat rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

- tegishli rahbarlarni ular tomonidan amaliy chora-tadbirlar ko’rilishi uchun ijro intizomining holati to’g’risida muntazam xabardor qiladi.