Loyiha gʻoliblari chet elda oʻqiydi

Yoshlar yetakchisi Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida Qoʻqon shahridagi tadbirkorlar kovorking markazida viloyatning barcha tuman, shahar sardorlar Kengashi aʼzolari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda sardorlar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.
Yoshlar yetakchisi fargʻonalik yoshlarning fikrlarini diqqat bilan tingladi.
Sardorlar oʻz loyihalarida oʻquvchilarning dars mashgʻulotlariga qatnovini nazorat qilish boʻyicha “Jasorat” klublari, “Yoshlar teatr studiyalari”ni tashkil qilish, sport ustalari bilan yoshlarning mahorat saboqlarini oʻtkazish hamda oʻquvchilar oʻrtasida innovatsion olimpiadalar tashkil etish kabi takliflar bilan chiqishdi.
Yoshlar yetakchisi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyat Kengashi xodimlariga viloyatda tajriba sifatida yangicha bir loyihani amalga oshirish, loyiha gʻoliblari boʻlgan 5 nafar yoshlarni chet davlatlarga oʻqib, malakasini oshirishlari uchun joʻnatish yuzasidan ishlarni tashkil qilish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Uchrashuvda 300 nafardan ziyod sardorlar ishtirok etdi.