Shohista Anorova – Prezidentimiz ishonchini oqlagan yoshlardan biri!

Shohista Anorova – Prezidentimiz ishonchini oqlagan yoshlardan biri!
Mamlakatimiz sport sohasida yetakchi boʻlgan davlatlar safida ketmoqda. Bunday sharafli yutuq va marralarga erishishda muhtaram Prezidentimizning sportga boʻlgan eʼtiborlarini alohida taʼkidlash joiz.
Shu yilning 5-9 oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Pusan shahrida boʻlib oʻtgan sportning “Sohil kurashi” turi boʻyicha oʻtkazilgan Xalqaro turnirda faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan Shohista Anorova ham ana shunday Prezidentimiz ishonchini oqlagan yoshlardan hisoblanadi.


Doʻstlik tuman hokimligida yigʻilganlar Shohistani tabriklash bilan birga, 1-3 oktabr kunlari Qozogʻistonning Kentau shahrida boʻlib oʻtgan “Kombat Ayki-do” sport turi boʻyicha gʻolib boʻlgan Mavlonboy Husniddinov, Jahongir Kimsanboyev, Abduqodir Kamolovlarni ham gʻoliblik bilan qutladilar.
– Bizga mana shunday imkoniyatlar yaratgani uchun, avvalambor, muhtaram Prezidentimga alohida minnatdorchilik bildiraman. Turnirga keladigan boʻlsak, albatta, gʻolib boʻlish oson kechmadi, hammasiga oʻz mehnatim va ustozlarimning menga bergan koʻrsatma va koʻmagi bilan erishdim. Xudo xohlasa, zafarli oʻrinlarni olishda davom etaman, – deydi Shohista Anorova.


Tuman hokimi va prokurori hamda Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan gʻoliblarga qimmatbaho va esdalik sovgʻalar topshirildi.