“Sport haftaligi” davom etmoqda

Yoshlarni jismoniy rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini tashkil etish, oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportning ommaviylashgan va olimpiya turlarini rivojlantirish, yuqori toifali sportchilarni tayyorlash, yosh avlodning sogʻligʻini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi joriy yil hisobidan sportga doir koʻplab loyihalarni amalga oshirdi. Jumladan, joriy yilning 10-20-sentyabr kunlari Respublikamizning barcha hududlarida “Sport haftaligi”ni oʻtkazish ham ana shunday samarali loyihalardan biri deyish mumkin. Haftalik davomida yoshlar oʻrtasida sportning voleybol, badiiy gimnastika, velosiped sport turi boʻyicha marafon, futbol, yugurish, mini futbol, kurash, basketbol kabi bir qator turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilib kelinmoqda. “Sport xalqning oʻziga ishonchini oshiruvchi, jipslashtiruvchi jabhadir, uning oʻzi emas, albatta, undagi gʻalabalar millatni gʻururlantiradi” – shiori ostida oʻtkazilayotgan haftalik yoshlarning qiziqishiga sabab boʻlmoqda. Haftalik 20-sentyabrgacha davom etadi.