Mohiniso Shomurodova

Mohiniso Shomurodova

Prezident sovg‘asi muborak, Mohiniso! Sen munosibsan!

Prezident sovg‘asi muborak, Mohiniso! Sen munosibsan!

Prezident sovg‘asi muborak, Mohiniso! Sen munosibsan!

Yoshlar orasida mutolaa muhitini yaratish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yoshlarning intellektual bilimlarini va ma’naviy saviyasini oshirish, adabiyotning mo‘jaz olamiga olib kirish maqsadida 2017-yilning noyabr oyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi «Yosh kitobxon» tanlovini e’lon qilgan edi.

Unda 2 yosh oralig‘ida (14-19 yosh, 20-30 yosh) bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 230 mingga yaqin arizalar qabul qilindi.

Noyabr-dekabr oylarida tanlovning tuman-shahar hamda hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tdi. So‘nggi respublika bosqichida ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan vakillar saralandi.

Rag‘bat sifatida «Spark» avtomashinasi berilishi tanlovning o‘ta shov-shuvli va qizg‘in tus olishiga, saralash bosqichlarining ochiq-oshkora, adolatli o‘tishiga zamin bo‘ldi.

13-fevral kuni final ishtirokchilari 1 dan 20 gacha raqamlar ortida yashiringan ma’naviy-ma’rifiy, tarixiy sohaga oid kitoblarni tanlab, javob berishdi.

14-fevral kuni yoshlar tanlovning ikkinchi «Badiiy kitoblar bilimdoni» sharti bo‘yicha bellashdilar. Bu shartda ishtirokchilar aktyorlar tomonidan ijro etilgan syujetga oid epizod yoki monolog qaysi asardan olingani, mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyatini sharhlab berdilar.

15-fevral kuni ishtirokchilar «Men sevgan adib» sharti bo‘yicha bellashdilar. Monitorda 50 ta raqam ortida yashiringan mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyoti namoyandalari hamda jahon adabiyoti vakillaridan 4 adabiy siymoni tanlab, ularning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar taqdim etdilar.

Bugun, 16-fevral kuni esa to’rtinchi - "She'riyat" sharti ham yakunlandi!

Ma'naviyat, ilm va tafakkur "jangi"da shaffoflik to‘liq ta’minlandi!

O‘zbek va jahon adabiyotining buyuk siymolari va jahonshumul asarlar aks etgan dekoratsiya ham ishtirokchilarga ilhom baxsh etdi.

Nihoyat, bir necha kun davom etgan qizg‘in bahslardan so‘ng, “Yosh kitobxon” tanlovining mutlaq g‘olibi aniqlandi.

Eng oliy sovrin - Prezident sovg‘asi, 252.25 ball bilan yuqori natija ko'rsatgan samarqandlik Mohiniso Shomurodovaga nasib etdi. Xorazmlik Umidjon Qutlimurodov 245 ball bilan 2-o‘rinni, buxorolik Nodir Mirodullayeva 221.75 ball bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘ringa kompyuter jamlanmasi, uchinchi o‘ringa esa 200 dona kitob taqdim etildi.

Qolgan ishtirokchilar ham munosib ishtirok etdi. Aslida shu yergacha yetib kelishning o‘zi g‘alaba.

Ilm nuri qalblarni hamisha nurafshon etaversin!

Prezident sovg‘asi muborak, Mohiniso! Sen bunga munosibsan!