#100kun: 20 ming 636 ta Yetakchilar Kengashi faoliyatini yo’lga qo’ydik

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining asosiy negizi hisoblangan boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha barcha ta’lim muassasalarida “Yoshlar yetakchisi” shtat birligi joriy etildi.

Bugungi kunga qadar o‘zaro hamkorlik asosida imzolangan hujjatlar orqali ta’lim muassasalarida 11 ming 266 ta, madaniyat, sport va sog‘liqni saqlash sohalarida 3 ming 200 ta, tadbirkorlik sohasi va fermer xo‘jaliklarida 3 ming 755 ta, jamoat tashkilotlari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 2 ming 365 ta hamda vazirlik, idora va tashkilotlarning respublika boshqaruv organlarida 50 ta jami bo‘lib 20 ming 636 ta Yetakchilar Kengashi faoliyati tuzildi hamda o‘z faoliyatini boshladi.