BMTning din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi A.Shaxid O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga tashrif buyurdi

Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida Birlashgan millatlar tashkilotining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi A.Shaxid hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi uchrashdi.

Uchrashuvda har ikkala tashkilot vakillari, OAV xodimlari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi maxsus ma’ruzachilari inson huquqlari masalalari yuzasidan axborot va maslahat berish vakolatiga ega mustaqil ekspertlardir. Maxsus ma’ruzachilar tizimi BMT faoliyatida markaziy o‘rin tutadi hamda barcha fuqarolik, madaniy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy huquqlarni qamrab oladi. Bu vazifalar BMT IHKning tegishli rezolyutsiyalarida belgilab qo‘yilgan.

Ular o‘z zimmasiga xolisona, vijdonan va adolatli ish yuritish orqali mustaqillik, samaradorlik, asoslilik va yaxlitlikni ta’minlash majburiyatini oladilar. Maxsus ma’ruzachilarning mustaqil maqomga ega ekani ularning o‘z vazifalarini xolis bajarishida muhim ahamiyatga ega.