“Bolalar kitobi” III respublika festivali doirasida ilk marta “Men sevgan kitoblar” mavzuida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi

Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda uning muassisligidagi “Buxoro yoshlari” gazetasi hamda “Buxoro kitob olami” kitob savdo majmuasi hamkorligidagi mazkur festival O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov tomonidan tabrik so‘zi bilan ochildi.
Festival juda qizg‘in va quvnoq loyihalarga boy tarzda o‘tdi. Buxoro musiqali drama teatri aktyorlari chiqishlari, «Qizg‘aldoq» bolalar dastasi kuy va raqslari, “Kitob marafoni”, shuningdek, “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasining mutoyibalaridan bahramand bo‘lishdi.


Bundan tashqari, “Shoir va yosh ijodkor”lar uchrashuvlari, “Men sevgan kitoblar” mavzuida ijtimoiy so‘rovnomalar ham hech kimni befarq qoldirmadi.
Ishtirokchilar “Yosh kitobsevar”, “Kitobxon oila”, “Kitob – beminnat ustoz”, “Kitobim – oftobim!”, “Mening birinchi kitobim” mavzularida viktorina hamda “Men sevgan kitoblar” mavzuida ijtimoiy so‘rovnomalarda faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq hamda eng sara kitoblar bilan taqdirlandilar.
Festivalda «Parvoz» jamoatchi yoshlar targ‘ibot guruhi faol qatnashdi.