Bugun “Fidoyi yoshlar” otryadlari tashkil etilganiga 10 kun bo‘ldi

O‘tgan qisqa muddat davomida otryadlar soni 579 tadan 1352 taga, qariyb 2,5 barobarga oshdi, otryadlarga kelib qo‘shilgan yoshlar soni esa 63516 nafardan 223363 nafarga, qariyb 4 barobarga ko‘paydi.

10 kun oldin kunlik terim miqdori 3602 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, bu ko‘rsatkich 13239 tonnaga yetdi. “Fidoyi yoshlar" otryadlari Respublika хirmoniga 113 ming tonnadan ortiq paxta terib topshirdilar.

Shu ko‘rsatkichlarning o‘ziyoq, “Fidoyi yoshlar" otryadlariga bo‘layotgan ijobiy munosabatning yorqin belgisidir.

Otryadlardagi yoshlarning muntazam rag‘batlantirilib borilayotgani ham ularning kuchiga-kuch, g‘ayratiga-g‘ayrat qo‘shmoqda. Birgina Toshkent viloyatida bugunning o‘zida 500dan ortiq sovg‘a-salomlar ilg‘or terimchilarga topshirildi.

Ana shu ko‘rsatkichlar bugungi fidoyi yoshlarimizga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir namunasidir.