Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi nufuzli mehmonni qabul qildi

Lordlar palatasi a’zosi, Mohamed Iltaf Shayhni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Murod Zufarov qabul qildi. Muloqot bevosita butun dunyodagi yoshlar masalasi, yoshlar siyosatini amalga oshirishda davlat hamda jamoat tashkilotlarining roli xususida bo‘ldi.

Mohamed Iltaf Shayh uzoq yillardan buyon yoshlarni radikal g‘oyalardan asrash bo‘yicha amaliy ishlar olib boradi. U bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, yoshlar tashkilotining maqsad va vazifalari haqida xabardor bo‘lgandan so‘ng, quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Men O‘zbekistonda yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlarni eshitib, juda xursand bo‘ldim. Men ilgari surayotgan g‘oyalarning 90 foizini sizlar amalga oshirgan ekansizlar. Davlat rahbarining yoshlarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi tahsinga loyiq. Rivojlangan davlatlar sizlar bilan tajriba almashsa, bo‘larkan. Shu darajani ozgina rivojlantirsangiz, sizlarda erta-indin yoshlar masalasida muammo qolmaydi”.

Ma’lumot o‘rniga, Shayh Muhammed otasining nomiga bag‘ishlab Shayh Abdullah fondiga asos solgan. Bu xayriya tashkiloti yosh yulduzlar va yetakchilarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Buyuk Britaniya va xorijdagi boshqa muammoli masalalar yuzasidan ham xayriya ishlarini olib boradi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muloqot so‘nggida mehmonga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston yoshlari nomidan sovg‘a taqdim qildi.