Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tizimida ham yoshlar manfaatlari himoya qilinadi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Yetakchilar Kengashi faoliyatini tashkil etish maqsadida namunali ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki rahbariyati, bankning bir guruh vakillari, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi Yetakchilar Kengashi Ittifoqning tegishli tizimlardagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning faoliyatini jonlantirish, tizimdagi yoshlarning muammo va kamchiliklarini bartaraf etishda amaliy yordam berish maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi Yetakchilar Kengashi raisi etib Ravshan Maxmudov bir ovozdan saylandi.