Eng muhimi, yoshlar xursand, mehnatlariga ming rozi 

Dehqonobod mahallasida "Dehqonobod" bazmgohi yoshlar bilan gavjum. Payariq tumanidagi paxta maydonlarida mehnat qilayotgan Payariq tumani hamda Tayloq tumanining "Fidoyi yoshlar” otryadi terimchilarini kayfiyatini ko‘tarish maqsadida madaniy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Payariq tumani hokimi A.S.Jo‘rayev, "Dehqonobod" MMTP raisi Ismat Qozoqboyev, "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi xonandalari Umar Shamsiyev hamda Shoira Otabekova ishtirok etdi.

Bazmgohga yig‘ilgan 350 nafar uyushmagan yoshlar uchun dasturxon tuzatildi. Madaniy tadbir boshlanishi arafasida 30 nafarga yaqin paxta yig‘im-terim mavsumida jonbozlik ko‘rsatayotgan ilg‘or terimchilar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Payariq tuman Kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Jismoniy mehnatdan keyin bunday madaniy hordiqga nima yetsin! Eng muhimi, yoshlar xursand. Qilayotgan mehnatidan rozi.