“Fidoyi yoshlar” otryadi yosh terimchilari super natija ko‘rsatmoqda

Bugun Yoshlar yetakchisi “Fidoyi yoshlar” otryadlariga yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish, paxta yig‘im-terimi qay darajada ketayotganligini o‘rganish maqsadida Oqqo‘rg‘on, Quyichirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota, Chinoz tumanlarida bo‘ldi.

Aytish mumkinki, o‘rganish davomida Chinoz tumanida “Fidoyi yoshlar” otryadi a’zolari terayotgan paxta hajmi ikki barobarga ko‘paygan. Terim sifati ham yaxshilangan.

Oqqo‘rg‘on, Quyichirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiotada ham Yoshlar yetakchisi otryad a’zolari bilan uchrashdi. Egatga tushib, yoshlarning yonida, ular bilan bir safda paxta terdi.

Natijaga ko‘ra, ba’zi yoshlar 160-170 kg.gacha paxta terib, mehnatkash va fidoyiligini namoyish qilishdi.

Yana bir etiborli jihati, ayni kunlarda ilg‘or yosh terimchilarning mehnati o‘sha kunning o‘zida rag‘batlantirilmoqda. Birgina Toshkent viloyatida bugungi kungacha 500tadan ortiq turli sovg‘alar ilg‘or terimchilarga taqdim qilindi. Terimchilar soni esa 28 ming nafarga yaqinlashib qoldi.

Uchrashuvlar chog‘ida Yoshlar yetakchisi har bir otryad uchun madaniy tadbirlar rejasini ishlab chiqdi. Endilikda terimchilarning madaniy hordik chiqarishlari uchun ko‘chma kinolar tashkil etilishi, taniqli xonandalar ishtirokidagi uchrashuvlarni o‘tkazish tadbirlari yanada jadallashadi.