“Halol mehnat ortidan kelgan nasiba shirin bo‘ladi”  kasbilik yosh terimchilar shu fikrda

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi faollari Kasbi tumani dalalariga kirib, yoshlarga paxta terimiga ko‘mak berdi. Vatanining koriga yarashga intilayotgan vaqtincha ishsiz yoshlardan iborat “Fidoyi yoshlar" otryadi a’zolari Kasbi tumani dalalarida yetishtirilgan hosilni uvol qilmasdan yig‘ish ishlarida o‘zlarining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Ha, ota-bobolarimiz azal-azaldan paxtaning bir misqolini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish savobli va xayrli amal ekanligi, paxtaning oqligi, oppoqligi o‘zbek xalqining halol mehnatidanligi, halol mehnat qilgan odamning esa ko‘ngli ham, borar manzillari ham oq bo‘lishini uqtirib kelishadi.

 

—Tumanimiz mahallalarida istiqomat qilayotgan aholi va uyushmagan (18-30 yosh) yoshlarni mavsumiy ish bilan ta’minlash borasida tashabbus bilan chiqdik, — deydi Kasbi tuman Kengashi raisi Jasurbek Yuldoshev. — Bugungi kunga qadar tumanimizda 6 ta “Fidoyi yoshlar" otryadi tuzilgan bo‘lib, shu kunga qadar 250 tonnadan ortiq paxta terilib xirmonimizni yanada yuksalishiga o‘z hissamizni qo‘shdik. Mana bugun terimchilarimizning mehnatlari munosib rag‘batlantirildi. Bu rag‘bat ularga yanada katta kuch bag‘ishlaydi.