“Hozir homiladorman, chilim chekadigan odatim bor. Bu bolamga zarar qilmaydimi?”

Yosh ona shifokor qabulida: "Hozir homiladorman, chilim chekadigan odatim bor. Bu bolamga zarar qilmaydimi?

— Homiladorlik chog‘ida ayrim ayollar uchun chilim tinchlantiruvchi vosita bo‘lib tuyuladi. Onalar o‘z farzandini chilim orqali is gazi, og‘ir metall tuzlari, qatron (smola), zaharli kimyoviy vositalar bilan zaharlaydi. Homila hech qanday himoyasiz zararli vositalarni qabul qiladi. Zero, embrionning platsentasi, ya’ni yo‘ldoshi filtr vazifasini o‘tamaydi. Homila asta-sekinlik bilan tamakiga o‘rganib qoladi. Unda kislorod yetishmasligi kuzatiladi. Miya faoliyatiga shikast yetadi. O‘pka faoliyati izdan chiqadi. Chilim tutunidan zaharlanib tug‘ilgan chaqaloqning ilk kunlarida ovqatlanish tizimida muammolar yuzaga kelishi, diatez (chilla yara), allergiya xastaligi kelib chiqishi mumkin. Homilador ayolning kashandaligi sababli go‘dak hali ona qornidayoq passiv chekuvchiga aylanadi. Chekuvchi bolaning qon aylanish tizimi ham qattiq zararlanadi.