http://reg.yi.uz — hammasi oddiy va bir zumda!

"O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga qanday a’zo bo‘lishim mumkin?" Kuniga 20-30 tacha sahifamizga shunga o'xshagan xabar keladi. Bu holat, ochig'i bizlarni xursand qiladi.

Shu bois, yoshlarning qiziqishlarini inobatga olib, yana bir qulaylikni taqdim qilamiz.

Endilikda Siz http://reg.yi.uz manziliga kirib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga elektron tarzda a’zo bo‘lishingiz mumkin.

Hammasi oddiy. Kiring, anketani to‘ldiring va bizning safimizga qo‘shiling!