I Respublika yosh ijodkorlar Forumi yangi iqtidorlarni kashf etdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Respublika yosh ijodkorlar kengashi tomonidan tashkil etilgan Forumda 150 nafar yosh ijodkorlar, taniqli shoir va yozuvchilar, publisist va tarjimonlar ishtirok etdi.

Forumni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali ochdi. U o‘z nutqida ushbu Forum o‘zbek adabiyotida yangidan-yangi ovozlarni kashf etishida, ayniqsa, ahamiyatli ekanligini alohida ta’kidladi.

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabasi Nodir Yusupovning programmalashtirgan roboti o‘zbekcha she’r o‘qib bergani ishtirokchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Ochilish marosimida el ardog‘idagi shoir va yozuvchilar ishtirok etib, Forum o‘zbek adabiyoti rivojlanishi uchun o‘ziga xos poydevor bo‘lishiga ishonch bildirishdi.