III Respublika “PROlogue” festivalida imkoniyatingizni sinab ko‘ring! Arizalar 31- oktabrgacha qabul qilinadi. Kechikib qolmang!

2017-yilning 27-30-noyabr kunlari “PROlogue” – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar III Respublika festivali bo‘lib o‘tadi.

Hamkorlar: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda Yosh kinoijodkorlar kengashi

Bu yilgi festival dasturi yangi kinoloyihalar pitchingi, rejissura, operatorlik ishi hamda dramaturgiya sohalari bo‘yicha mahorat darslari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida davra suhbatini qamrab olgani bilan avvalgi yilgilaridan farq qiladi.

Shuningdek, bu yil “PROlogue”da “Yilning eng yaxshi aktyori” hamda “Yilning eng yaxshi aktrisasi” ham taqdirlanadi.

Festival doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etiladigan brifingda jurnalistlar jarayon haqida atroflicha axborot olishlari mumkin bo‘ladi.

Festivalda ishtirok etish uchun arizalar shu yilning 31-oktabrigacha Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan qabul qilib olinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Muqimiy ko‘chasi, 8-uy.
Murojaat uchun telefon: + 998 71 230-91-91