Ish, maosh, mukofot! “Fidoyi yoshlar” otryadiga qo’shilsangiz, hammasiga ega bo’lasiz!

ISH MASALASI

O'zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan "Fidoyi yoshlar" otryadi a'zolari soni ko'paygandan ko'paymoqda. Birgina Surxondaryo viloyatida ilk kundayoq 41 ta otryad tuzilib,  unda 5000 nafarga yaqin ishsiz yoshlar jalb qilingan edi.

Bugungi kunga kelib, tashkil etilgan  otryadlar soni 82 taga, a’zolar soni  esa  18000 nafardan oshib ketdi. Demak, minglab yoshlar mavsumiy ish bilan ta'minlanmoqda. Yaponlarda shunday naql bor: “Ota-onalar pul topayotganda farzandlar o'ynab-kulishsa nabiralar qashshoqlikda yashaydi”. Uzoqni ko'zlab aytilgan bu naql farzandlarning boqimandalik kayfiyani oldini olish uchun aytilgan. Uyda bekor o'tirib, ota-onasining puliga yashashdan ko'ra, peshona teri bilan topgan pulini ular uchun sarflashni afzal bilgan yoshlar  "Fidoiy yoshlar" otryadida birlashmoqda.

MAOSH MASALASI

Alohida qayd etish lozim, ezgu niyatlar bilan tashkil etilgan ushbu loyiha ko'plab ish qidirib yurgan, moddiy tomondan biroz qiyinchilik ko'rayotganlar uchun ham ayni muddao bo'ldi. Ushbu otryadga a'zo bo'lib, dalalarda mehnat qilayotgan yoshlar bir kunda o’rtacha  40-50 ming so'm atrofida mehnat haqini olishmoqda. Demakki, 1oyda million mablag' to'plashadi.

RAG'BAT VA MUKOFOT

O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan faol va ilg'or terimchilar turli sov'galar bilan muntazam taqdirlanmoqda. Bugun barcha tashkilot, OAVlarning diqqat markazida ham “Fidoyi yoshlar” otryadi. Tashkilotlar terimchilar bilan uchrashib ularga o’z sovg’a-salomlarini taqdim qilishmoqda.

Kutilmagan sovg’a bo’ldi. Dalada paxta terayotgandik. Mehmonlar  kelishdi deb hammani to’plashdi. Viloyat hokimligidan, sevimli tashkilotimizdan vakillar hamda jurnalistlar kelishgan ekan. Birga suhbat qurdik. Keyin biz uchun maxsus sovg’alari borligini aytishdi. Нamma xursand! Bir payt mening ismimni aytishdi. Chiqsam, mini pech berishdi. Har kuni uyga  mehnat haqim bilan borardim. Bugun pulga qo’shib, mini pech ham olib boraman. ”

Xullas, ana shunaqa gaplar! Bizda hammasi mujassam! Ish ham. maosh ham! rag’bat ham. Eng muhimi, yoshlarning kayfiyati chinakamiga  a’lo.

Nargis Qoraboyeva

Suratlar muallifi: Jonibek Qo’zimurodov